Она тили 5 мет


d) rivojlantiruvchi maqsad


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

d) rivojlantiruvchi maqsad: tinglab tushunish, o‘qish; gapirish va 
yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Darsni “Men boshlayman, sendavom ettir” grammatik topshirig‘i 
bilan boshlash mumkin.
– Do‘st so‘zini tashlama
– Tashlab boshing qashlama. Do‘stsiz oshim...
– Tuzsiz boshim. Do‘sting kim?
– Sening kimligingni aytaman...
– ..
Topshiriq. 
Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarga diqqat qiling. 


121
Aybsiz do‘st qidirgan kishi yakkalanib qoladi. Arzimas aybi uchun 
xafa bo‘laveradigan kishining do‘stlari dushmanga aylanaveradi
chunki singan ko‘ngilni tiklab bo‘lmaydi. Do‘stining o‘zidan o‘zib 
ketayotganiga chiday olmagan kishi g‘am ostida yuraveradi. (Yusufiy)
Bu topshiriq o‘quvchilarning O‘QIB TUSHUNISH ko‘nikmasini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quvchilar unda do‘stlikni 
qadrlash haqidagi matnni o‘qiydi, ajratilgan so‘zlardagi ng harflar 
birikmasining talaffuziga diqqat qiladilar va tushunganlari bo‘yicha
Siz qanday do‘stsiz? Do‘stlik qoidalariga rioya qilasizmi? Kabi 
savollarga javob beradilar. (o‘quvchi GAPIRISH ko‘nikmasi ustida 
ishlaydi) 
210-mashq.
O‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasini shakllan-
tirishga qaratilgan, bo‘lib, o‘quvchilar so‘zlarning imlosi va talaf-
fuziga e’tibor beradilar. Ming, yengil, kenglik, ko‘nglim, tarang, 
durang, tanga.
211-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, ng undoshi ish tirok etgan 
so‘zlarni topib ostiga chizing. Ushbu mashq 
ham o‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasini 
shakllantiradi.
1. Dunyo dunyo bo‘lib yaraldi qachon,
Hayot ohanglari taraldi qachon? (Muhammad 
Yusuf)
2. Sahroyi Kabirda yozsam ko‘nglimni,
Ruhimda chinorday turding, Vatanim. (Yo‘ldosh Eshbek)
3. Tanglayimni ko‘targan “kindik momom” qo‘lisan,
Beshigimda sirlashgan shamchirog‘im tilisan. (O. Hojiyeva)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling