Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

-mashq
 O‘quvchilar matn va mustaqil fikrlariga tayangan 
holda ushbu jumlalarni har xil davom ettirib, daftarga yozadilar.
Shuningdek, YOZISH ko‘nikmasi shakllanadi.
1. Men madhiyamizni nafaqat sport musobaqalarida, balki…………
..-da eshitib, faxrlanganman.
2. Madhiyamizni sinfdoshlarim bilan kuylayotganimda xursand 
bo‘lib ketaman, chunki ……………… .
3. Har bir yurt fuqarosi o‘z davlatini maqtaydi. Men ham
O‘zbekistonimni mana shunday madh etmoqchiman, eshiting: 
.........………. .
204-mashq
 “Zukko o‘quvchi” texnologiyasi asosida bajariladi
O‘quvchilar berilgan javoblardan mosini topib, mantiqiy savollar 
bilan ishlaydilar. 
1. Bu poytaxt shahar ikki shaharning qo‘shilishidan tashkil topgan. 
Uning nomi ham ikki shahar nomidan iborat. Bu qaysi poytaxt? 
(Budapesht)
2. Aynan bir poytaxtning ichida boshqa bir davlat joylashgan. Bu 
qaysi shahar va davlat? (Rim, Vatikan)
3. Qadimgi Yunonistonda bu so‘z “papka ko‘targan kishi” degan 
ma’noni bildirgan. Bizda esa bu so‘z – bir kasb egasi. U qaysi kasb? 
(Buxgalter)
4. Amir Temur: “Jang paytida ularning o‘rni beqiyos, yuzta mohir 
jangchi ularning o‘rnini bosolmaydi”, – degan. Ular kimlar? (Tabiblar) 
205-mashq.
 Uyga vazifa. O‘quvchilar tarix va geografi ya faniga 
oid 4 ta qiziqarli mantiqiy savol topib, daftarga yozib kelishadi.
54-dars. Sh, sh va Ch, ch HARFLAR BIRIKMASI
VA ULARNING VAZIFALARI


119
Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga sh va ch 
harflar birikmasi va ularning vazifalari haqida nazariy ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda milliy g‘urur; yuksak axloqiy 
sifatlarni shakllantirish;

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling