152
Omonimlarda
turlicha ma’nolar nazarda
tutiladi:
burun (
yuz qismi) –
burun (avval).
Ko‘p ma’noli so‘zlar bir
so‘zni
o‘z va
ko‘chma
ma’noda qo‘llashdan
hosil bo‘ladi:
burun
(
yuz qismi) –
burun
(
choynakning burni).
Inson og’zi va tandir
og’zi
rasmi kerak
268-mashq.
Qo’yilgan muammo: She’rni o‘qing, undagi g‘oya
to‘g‘risida suhbat- lashing. Shakldosh (omonim ) so‘zlar bildirgan
ma’nolarni izohlang. GAPIRISH va TINGLAB TUSHUNISH ko’nik-
masini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi. “Audio matn” metodi
tavsiya etiladi.
Yechim:
Toshni kesa olmas pichoqning
dami, (o’tkir qismi)
Pok tanga o‘tmaydi saraton
dami, (issiq harorati)
Ilm va hunarga bag‘ishla o‘zni,
G‘animat yoshlikning har o‘tgan
dami. (lahzasi) (
A. Shukurov)
269-mashq.
Qo’yilgan muammo: Ikkala rasmni bog‘lab turgan
so‘zni toping. Ular o‘rtasida qanday aloqadorlik bor? So‘zlar
ishtirokida gaplar tuzing. GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantirish
uchun tavsiya etiladi.
Yechim:
I. Sumalak – bahor faslida bug’doy undirilib tayyorlanadigan
servitamin, xushxo’r taom
II. Sumalak – qorning eriboqib, qayta muzlash natijasida hosil
bo’lgan naysimon, cho’zinchoq muz
270-mashq.
Qo’yilgan muammo: Berilgan gaplarni yozing.
Shakldosh so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering. YOZISH ko’nik-
masini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi. “So‘zlar bahsi” metodi
153
tavsiya etiladi.
Yechim: 1. Endigina bargak yozgan tolzordan mayin shamol esdi.
Otaxon patnisga bir hovuch bargak, bir siqim mayiz, 5–6 ta yong‘oq
qo‘ydi. 2. O‘ng qo‘li bilan asta peshanasidagi terni artdi. Abdurahim
pishgan qirmizi olmalarni savatga terdi. 3.Koinot bizga o‘z sirlarini
ochmoqda. Boshqa sayyoradan kelgan sirli mehmonlarning kosmik
kemasi kumushsimon sir bilan qoplangan edi. 4. Ahmad o‘zga
sayyoralik
– yot odamlarga termilib qoldi. Ominaxon darslarini tayyorlab bo‘lgach,
uyquga yotdi.
271-mashq.
Uyga vazifa. 3, 40, 100 sonlarining berilgan rasmlarga
qanday aloqasi bor? Ushbu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
75-dars. ANTONIMLAR
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga antonimlar va tilning
cheksiz imkoniyati haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: matnni tahlil qilish orqali o’quvchilarda
insonparvarlik, mer-muruvvat sifatlarini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Assalomu alaykum, tengdoshlar. Ichimizda “Qimmat va Zumrad”
ertagini o’qimagan bola bo’lmasa kerak. Kelinglar, Zumradoy va
Qimmatlarga xos fazilat va illatlarni sanaymiz.
Zumradoy
Qimmat
odobli
Odobsiz
mehnatkash
dangasa
Do'stlaringiz bilan baham: