150
3. Sinonim (ma’nodosh) so‘zlarning nutqimizdagi ahamiyati
haqida xulosalaringizni bayon eting.
266-mashq.
Uyga vazifa. Tarix darsida olgan ma’lumotingiz
asosida “Qadimgi odamlar kashfi yoti” mavzusida 10–12 ta gapdan
iborat matn yarating. Matningizda sinonim so‘zlardan foydalaning.
74-dars. OMONIMLAR. NUTQDA OMONIMLARDAN
FOYDALANISH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga omonimlar va
ularning nutqimizdagi o’rni, tilning cheksiz imkoniyati haqida tushuncha
berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’zbek tili va adabiyotning uzviy aloqasini
ko’rsatish orqali har ikki fanga bo’lgan hurmatlarini oshirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Topshiriq.
Qo’yilgan muammo: Rasmdagi bolalar o‘rnida
bo‘lishni xohlaysizmi? Og‘zaki matn tuzib, o‘rtoqlaringiz bilan
fi krlashing. Koinotni qanday tasavvur qilasiz? U haqda gapirib
bering. Tuzgan gaplaringizda yosh, dam, soz, uch so‘zlaridan foyda
laning. Bu so‘zlar yana qanday ma’no bildirishini toping. GAPIRISH
ko’nikmasini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi.
Yechim:
yosh
dam
soz
uch
I
ko’z yoshi
nafas
yaxshi,
tuzuk
uch qismi; ignaning
uchi
II
yashagan
umr lahza
tor, musiqa
asbobi
son
Do'stlaringiz bilan baham: