310-mashq.
Qo’yilgan muammo: Quyidagi matnni YOZING va
o‘z fikringiz bilan davom ettiring.
Yurtimiz qadimiy shaharlarga boy. Bu ko‘hna shaharlar o‘z tarixi
bilan Rim va Afinani, go‘zalligi bilan Parij va Londonni ortda qoldiradi.
Har yili yuz minglab sayyohlarni o‘ziga ohanrabodek tortadi. Bu ulug‘
shaharlarimiz …
311-mashq.
Uyga vazifa: “Men yoqtirgan makon” mavzusida 10–12
ta gapdan iborat matn yarating.
86–87-darslar. NAZORAT ISHI
88-dars. ISMLAR MA’NOSI VA IMLOSI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga ismlar va ularning
kelib chiqishi, ma’nolari haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga do’stlari va yaqinlarining
ismlarini to’liq aytish kerakligini uqtirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsni “Bu qiziq” o’yini orqali boshlash mumkin.
2018-yilda chaqaloqlarga eng ko’p Azizbek va Madinabonu ismlari
qo’yilgan ekan.
2019-yilda eng ko’p qo’yilgan ismlar Muhammadali va Solihabonu
ekan.
313-mashq.
Qo’yilgan muammo: Ismlar ma’nosiga diqqat qiling.
Berilgan ismlarning ma’nosini bilib oling. Anvar – nurli yoki toleyi
porloq, Akmal – yetuk, barkamol, kuchli; Iroda – istab olingan, irodali
qiz, Feruza – baxtli, iqboli baland, ko‘zlari moviy rang qiz. Xurshida –
baxti quyosh kabi porloq.
Topshiriq.
Qo’yilgan muammo: “Taxalluslar ma’nosini bilasizmi?”
nomli matnni o‘rganing. Ijodkorlar taxallusi mazmuniga diqqat
qiling. Yana qanday adabiy taxalluslarning yaralishi haqida
Do'stlaringiz bilan baham: |