uchun tavsiya etiladi.
1. Matnlarda berilgan olinma so‘zlarni topib, ular ishtirok etgan
gaplarni ko‘chiring.
2. Kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadigan olinma
so‘zlarga misollar keltiring.
302-mashq.
Qo’yilgan muammo: Mirkarim Osimning “Zulmat
ichra nur” kitobidan olingan parchani yozing. Tarixiy va arxaik
so‘zlarning tagiga chizing. GAPIRISH va YOZISH ko’nikmasini
rivojlantirish uchun tavsiya etiladi.
Yechim:
1. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan ediki, otasi
kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. 2. “Shu
yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, kitobni ilkidan ayirmay
o‘zi bilan asrab yurg‘ay”, deb o‘yladi G‘iyosiddin. 3. “Dada, ushbu
suratni ko‘ring: mana bu cherik shotidan chiqayotib qulab tushmoqda”,
– deb aytdi. 4. Otasi devonxonadan kelib, dam olganidan so‘ng ba’zan
kitob mutolaa qilar edi.
“+” Texnologiyasini qo‘llash orqali bajarish mumkin. ”Navoiy
asarlari uchun izohli lug’at”dan foydalanish tavsiya etiladi.
So’zlar/
tushunchalar
Davlatning
yozuv ishlari
olib boriladigan
mahkama
Oyoq kiyim
Qo’l
Qo’shin
kavush
+
ilik
+
cherik
+
devonxona
+
303-mashq.
Uyga vazifa: “Men ham kashfiyotchiman” mavzusida
matn tuzing va unda o‘z tasavvurlaringizni bayon qiling. Imkon
bo‘lsa, rasmini chizing.
84-dars. JOY NOMLARI TARIXI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga joy nomlari va
ularning kelib chiqishi, ma’nolari haqida ma’lumot berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |