163
namo yish etmoqchiman” mavzusida 10–12 ta gapdan iborat hikoya
yozib keling.
82-dars. TARIXIY VA ARXAIK SO‘ZLAR
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga tarixiy so’zlar va
ularning ma’nolari haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: matnda berilgan tarixiy so’zlar va ularning
ma’nolarini tushuntirish orqali tarixiy asarlarga bo’lgan qiziqishlarini
oshirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsni boshlashda “Rolli o’yin” metodi tavsiya qilinadi. “Zulmat
ichra nur” asaridan parcha namoyish etilishi mumkin. Sahnada
o’quvchilar tilidan, albatta, tarixiy so’zlarning to’g’ri qo’llanishiga
o’qituvchi e’tibor beradi.
Topshiriq.
Qo’yilgan muammo: “Amir Temur o‘gitlari” kitobidan
olingan parchani o‘qing, unga sarlavha toping. O’QIB TUSHUNISH
va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantirish uchun tavsiya etiladi.
Yechim:
sarlavhalar tahminan quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. Oliyjanob fazilat.
2. Yuksak qalb egasi.
3. Mehr pog’onasi.
4. Yaxshilikning katta-kichigi bo’lmaydi.
Topshiriqni bajaring.
“Suhbat” metodidan foydalanish mumkin.
1. Amir Temurning oliyjanobligi to‘g‘risida gapiring.
2. Eskirgan so‘zlarni aniqlang.
298-mashq.
Qo’yilgan muammo: Tilimiz tarixida ko‘p qo‘llangan
quyidagi so‘zlarga e’tibor qarating,
ular
ishtirokida gaplar tuzishga
urinib ko‘ring
.”Kim zukko” metodi orqali mashqni bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: