Она тили 5 мет


-mashq.  Qo’yilgan muammo


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

300-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Quyida berilgan maqol va 
iboralarni YOZING. Tarixiy va arxaik so‘zlarni aniqlang. “Tarix 
bilimdoni” usulidan foydalanish tavsiya etiladi. 
Yechim:
1. Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda ulton (tagcharm) 
bo‘l. 2. Bolta tushguncha, kunda dam olar. 3. Da’vogar sust bo‘lsa, qozi 
muttaham. 4. Bo‘zchining mokisidek serqatnov bo‘lib qolmoq. 5. Igna 
bilan bitadigan ishga juvoldiz ishlatmoq.
301-mashq.
 Uyga vazifa. Amir Temurning To‘xtamishxon 


165
bilan bo‘lgan jangidan olingan tasvirni kuzating. Sovut, dubulg‘a, 
palaxmon, zirh, nayza, paykon, kamon, kabi so‘zlarning izohini topib 
ular ishtirokida gaplar tuzing
83-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning o’z va o’zlashgan 
qatlam, tarixiy hamda yangi so’zlar mavzulari yuzasidan olgan 
bilimlarini matn va lug’at bilan ishlash orqali mustahkamlash;;
b) tarbiyaviy maqsad: matnlarni oqib, tahlil qilish orqali 
ajdodlarimizning iste’dodlari, ixtirochilik qobiliyatlari haqida tushuncha 
berish hamda shunday ruhda tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va mala-
kalarni kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish
Topshiriq. Qo’yilgan muammo: Matnlarni diqqat bilan o‘qing. 
O’QIB VA TINGLAB TUSHUNISH, GAPIRISH ko’nikmasini 
rivojlantirish uchun tavsiya etiladi. Matn o’qituvchi tomonidan yoki 
audio shaklda o’qib eshittiriladi. “Qayta hikoya” va “Tushunchalar 
tahlili” metodlari taklif etiladi.
1. “Farhod va Shirin” dostonini o‘qisak, bugun tilimiz ancha kelishib 
qolgan XX asr kashfi yotlaridan biri – robotlar haqidagi satrlarga ham 
ko‘zimiz tushadi: “U odamga juda ham o‘xshar, qo‘lida o‘tkir o‘q 
tortilgan temir yoyni ushlab turar edi. Boshidan oyoq sovutga o‘ralgan 
bu temir odam ich- ichidan yonib turardi”.
2. 1928-yili Toshkentda ixtirochilar B. Grabovskiy va I. Belyavskiylar 
elektrnur yordamida harakat qilayotgan tasvirni bir joydan uzatadigan 
va qabul qiladigan apparat yaratib, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdilar. 
Poytaxtimiz televideniye vataniga aylanishi bejiz emasdi. Chunki 
Alisher Navoiy bir necha asrlar ilgari “Farhod va Shirin” dostonida bu 
qurilmani ham o‘z holicha “oynayi jahon” deb nomlaydi. Farhod uzoq 
Arman o‘lkasining malikasi Shirinning husni jamolini aynan shu vosita 
orqali ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoladi.
3. “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ayi sayyor”da eskalator 
va lift haqidagi farazlarni o‘qigan mashhur sharqshunos olim Bertels 
ham hayrat og‘ushida qolganini yashirmagan ekan. “Shoh bu taxtga 
chiqadigan bo‘lsa, pilla poyalar uning qadam qo‘yishi uchun pasayib, 
bir-birining ustiga yotadi. Shoh shu 8 poyaning hammasini bosib o‘tib, 
o‘z taxtiga o‘tirgach, u zinalar yana baland ko‘tariladi”. Bu yerda keyingi 
asrlarda, yana ham aniqrog‘i, 1892-yilda amerikalik kashfi yotchi Jessi 
Reno tomonidan yasalgan eskalator haqida gap ketayotganiga shubha 
yo‘q. (“Navoiyshunoslikdan


166
Munosabat bildiring. GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantirish 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling