340-mashq.
Kasb-hunarga oid so‘zlarni ko‘chiring. Ularning
hayotdagi o‘rni haqida fikringizni bayon qiling.
O‘qituvchi, uchuvchi, tarjimon, styuardessa, kutubxonachi, kulol,
oshpaz, o‘t o‘chiruvchi, zargar.
341-mashq.
Berilgan so‘zlarni ilmiy va kasbiy terminlarga
ajrating.” Bu bizniki ” grammatik o‘yini tavsiya qilinadi.
Ilmiy terminlar
Kasbiy terminlar
tenglama
soatsozlik
miloddan avvalgi
randa
hujayra
shpris
she’r
kashta
imlo
andava
to‘g‘ri to‘rtburchak
342-mashq.
Uyga vazifa. Yurtimizdagi ota-bobolarimiz tomoni-
dan quril gan ko‘hna obidalardan biri haqida matn yozib keling.
98-dars. QAVM-QARINDOSHLIK BILAN
BOG‘LIQ SO‘ZLAR
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga qavm- qarindoshlik
bilan bog‘liq so‘zlar haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda olam va odam haqidagi
fikrlarini kengaytirish; matn bilan ishlash texnologiyasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Dars Donoxonning shajara haqidagi fikrini yodga olish bilan
boshlanadi.O‘qituvchi “Muzyorar” metodi asosida o‘quvchilarni
mavzuga olib kiradi.
Qo‘yiladigan muammo: O‘quvchilardan shajaralari haqida
186
so‘rash. (“Men bilaman, sen-chi?”texnologiyasini qo‘llash maqsadga
muvofiq) Bu esa o‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH va
GAPIRISH ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |