Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

343-mashq.
 O‘quvchilar “Bizning ahil oila” mavzusida og‘zaki 
matn yaratadilar. Bobo, buvi, amaki, xola, tog‘a va ammalari haqida 
so‘zlab beradilar. 
Topshiriqda
Adabiyot darsligidan olingan matn o‘quvchilarga 
o‘qitiladi. Qavm- qarindoshlikni ifodalovchi atamalarga diqqat 
qilinadi. (O‘QIB TUSHUNISH va YOZISH ko‘nikmasi ustida 
ishlanadi)
Bоlа edim, go‘dаk edim. Оnаm аkа-ukаlаr hаqidа g‘аlаti bir cho‘p 
chаk аytib bergаn edi. Emishki, bir zаmоnlаr ikki аkа-ukа yashаgаn 
ekаn. Birining оti Ilhаq, ikkinchisiniki Is’hоq ekаn. Ikkаlаsi bir-birini 
ko‘rаrgа ko‘zi yo‘q, judа nоаhil ekаn. Ulаrninng ko‘nglini оlаmаn deb, 
оnаlаri аdоyi tаmоm bo‘pti. Shundа qоdir Хudоning qаhri kelibdi-yu, 
ikkоvining ko‘zini ko‘r qilib, qushgа аylаntirib qo‘yibdi. Shundаginа 
аkа-ukа bir-birini ko‘rmаsа turоlmаsligini, bir-birigа kerаk ekаnligini 
tushunibdi. O‘shаndаn beri ikkаlаsi kechаlаri bo‘zlаb bir-birini chаqirib 
chiqishаrmish-u tоpоlmаs emish... (O‘tkir Hoshimov)
344-mashq.
Maqollarni ko‘chiring, ularda ilgari surilgan 
g‘oya to‘g‘risida o‘z fikringizni ayting. Qavm-qarindoshlikka oid 
so‘zlarning tagiga chizing.( YOZISH ko‘nikmasi shakllantiriladi)
Yechim:
1. Bemehr qarindoshdan mehr bilgan yot yaxshi. 2. Ota – xazina
aka-uka – tayanch, do‘st esa har ikkalasi. 3. Ota-bola – bog‘,biri – gul, 
biri – bog‘bon. 4. Onalik uyning ori bor, Otalik uyning – zari.5. Amma 
keldi – hamma keldi. 6. Xola – ikkinchi ona.
344 (A)–mashq.
 Mavzuga qo‘shimcha sifatida o‘quvchilarga 
qavm-qarindosh atamalari qatnashgan topishmoqlar yozish vazifasi 


187

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling