Она тили 5 мет
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning a) ta’limiy maqsadi
- 2-topshiriq. O‘quvchilarning
ham yuklash mumkin.
344 (B)–mashq. Mavzuga qo‘shimcha sifatida: Berilgan qavm- qarindosh otlarini ota taraf, ona taraf, betaraf kabi uch ustunga joylashtiring. Amma, xola, buvi, bobo, ota-ona, aka, uka, singil, opa, tog‘a, jiyan, amaki, opoqi, kelin oyi, nevara, qaynana, qaynata, qayinsingil, qayin egachi. 345-mashq. Uyga vazifa. Oilangizning shajara daraxtini chizing va shoxlariga qarindosh-urug‘laringizni joylashtiring. 99-dars. MUSTAHKAMLA SH Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga qavm- qarindoshlik bilan bog‘liq so‘zlar haqida ma’lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda olam va odam haqidagi fikrlarini kengaytirish; matn bilan ishlash texnologiyasini shakllantirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish. 1-topshiriqni tezkor savol-javob orqali bajarish mumkin.Bunda o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi shakllanadi. 1. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalarini ko‘rsating. 2. Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni qaysi sohalarda uchra tamiz? 3. Yozuvchilar o‘tmish haqidagi asarlarda tarixiy va arxaik so‘zlardan foydalanishadi. Buning sababi nima? 4. Terminlar nima? Ilmiy va kasbiy terminlarga misollar keltiring. 2-topshiriq. O‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasini shakllan- tirishga yordam beradi. Matn ko‘chirib yoziladi. Terminlar tagiga chiziladi. Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor To‘rayevning yozishicha, bir kishi Beruniydan iltimos qilib,“Menga foyda keltiradigan biror narsani o‘rgatib qo‘ying”, debdi. Olim unga o‘tkir narsalardan tayyorlanadigan bir dori tarkibini yozib beribdi. Bu dori suvga tomizilib,hosil bo‘lgan moddaga qalamni botirib, aqiq toshga chizilsa, toshdagi yozuv oq bo‘lib ko‘rinarkan. Buni o‘rganib olgan boyagi kishi “Muhammad”, “Ali” va boshqa ismlarni toshga yozib, “Bu falon joydan topilgan tabiiy yozuv”, deb da’vo qiladigan, sodda odamlarning pulini shiladigan bo‘libdi. Beruniy esa bu darsidan pushaymon bo‘lib, “Ilmni nafsi uchun ishlatadiganlarga o‘rgatish – uning jinoyatiga sherik bo‘lishdir”, deb tavba qilgan ekan. (“Hikoyalar sarasi”dan) Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling