Она тили 5 мет


d) rivojlantiruvchi maqsad


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish, 
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Topshiriq.
Hikoyani o‘qing va unga maqol bilan ifodalangan 
sarlavha tanlang. O’QIB, TINGLAB TUSHUNISH ko’nikmasini 
rivojlantiradi. “Qayta hikoya” metodi tavsiya etiladi. 
Bir o‘g‘il otasi bilan ketayotib, yiqilib tushdi va og‘riqdan “Oh” deb 
yubordi. Tog‘ ortidan xuddi shunday ovoz eshitildi. Bola hayron bo‘lib:
– Sen kimsan? – deb baqirdi.
– Sen kimsan? – deb so‘radi ovoz.
– Sen qo‘rqoqsan! – dedi bola.
– Sen qo‘rqoqsan! – dedi ovoz.
Bolaning hayronligini ko‘rib otasi: “Sen ajoyibsan!” – deb baqirdi.
Ovoz endi mana shu ajoyib so‘zni qaytardi.“ Bolam, – dedi ota, – bu 
– aksi sado. Aslida, bu hayot degani, hayot berganingni qaytaradi ”.


194
358-mashq.
Yuqorida keltirilgan hikoyadan xulosa chiqaring. 
Berilgan o‘zbek xalq maqollari orasidan hikoyaga moslarini ajratib 
yozing. O’QIB TUSHUNISH va YOZISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 
359-mashq.
Adabiyot darslarida maqol janri haqida o‘qigan-
laringizni esga oling va aytib bering. GAPIRISH ko’nikmasini 
rivojlantiradi. “Ha, Yo’q” yoki “Xotira mashqi” metodi tavsiya 
etiladi.
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga 
keladi. Ular nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Ularda fikr aniq, xulosa tugal, 
ifoda lo‘nda bo‘lishi kerak.
Maqollar fi krni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalaydi. Nutqda maqollardan 
o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati hisoblanadi. Bejiz “Ilm o‘lchovi 
– aql, zehn o‘lchovi – naql”, deyilmaydi. Maqollar, asosan, bir, ikki misrali 
bo‘ladi. Ularda antonimlardan
keng foydalaniladi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling