Она тили 5 мет


-mashq.  Qo’yilgan muammo: Tarozining bir pallasiga oddiy


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

350-mashq. 
Qo’yilgan muammo: Tarozining bir pallasiga oddiy 
so‘zlarni, ikkinchi pallasiga iboralarni qo‘ying. Qaysi tomonning 
qanday “yuk bosishi”ga e’tibor qarating. Iboralar ishtirokida gaplar 
tuzing, o‘rniga so‘zlarni qo‘yib ko‘ring. 
aldamoq
ko’zini bo’yamoq
aldanmoq
laqqa tushmoq
shirinsuxan
og’zidan bol tomadigan
xursand
chehrasi ochilgan
talabchan
qattiqqo’l
qo’rqmoq
o’takasi yorilmoq
Yechim:
Mashq YOZISH va GAPIRISH ko’nikmasini shakllantirishga 
qaratilgan. “Estafeta” o’yini tavsiya etiladi. Birinchi guruh iboralar 
va so’zlarni taqqoslaydilar, ikkinchi guruh iboralar ishtirokida gaplar 
tuzib doskaga yozadilar, uchinchi guruh gapda qo’llangan iboralarning 
o’rniga so’z qo’yib ko’radilar va izohlaydilar.
351-mashq.
Qo’yilgan muammo: Ko‘z so‘zi ishtirokida hosil 
qilingan ko‘zdan kechirmoq; ko‘zi ola-kula bo‘lmoq; ko‘zining 
qirini tashlamoq; ko‘zi to‘rt bo‘lib kutmoq; qosh qo‘yaman deb, ko‘z 
chiqarmoq iboralarining ma’nolarini to ping. Ular ishtirokida gaplar 
tuzing, daftaringizga yozing.
Yechim:
Ibora
Ma’nosi
ko’zdan kechirmoq
sinchiklab, ko’rib chiqmoq
ko’zi ola-kula bo’lmoq
xavfsiramoq 
ko’zining qirini tashlamoq
zimdan qarab qo’ymoq
ko’zi to’rt bo’lib kutmoq
intizor bo’lmoq
qosh qo’yaman deb, ko’z chiqarmoq yanglish harakat qilmoq
352-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Quyidagi iboralarni ko‘chiring, 
qanday vaziyatda qo‘llanishini sharhlang. Namuna: Qush uyasida 
ko‘rganini qiladi. 
Odob – eng katta boylik. Odobni oilada o‘rganadilar, chunki qush 
uyasida ko‘rganini qiladi.
Yechim:
Qush uyasida ko‘rganini qiladi - ota-onadan olgan tarbiyani 
namoyon qilmoq.( ? )
Sichqonning ini ming tanga – qochishga joy topa olmay qolmoq


192
Sen bog‘dan kelsang, u tog‘dan keladi- fikrlari har xil 
Og‘zi qulog‘ida bo’lmoq – xursand bo’lmoq

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling