Она тили 5 мет


d) rivojlantiruvchi maqsad


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish, 
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Darsni o’quvchilarga Arastu (Atistrotel) shaxsini tanishtirish bilan 
boshlash tavsiya etiladi.
Aflotunning shogirdi. Miloddan avvalgi 384–322-yillarda qadimgi 
yunonistonda yashagan. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy “ 
dostonida shoh Iskandariyning vaziri sifatida tasvirlangan.
372-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Yunon faylasufi 
Arastuning quyidagi hikmatlariga diqqat qiling, shaxsiy 
mulohazangizni bildiring. O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nik-
malarini rivojlantiradi. “Kichik jurnalist” metodidan foydalanish 
tavsiya etiladi. O’quvchilarga savollarga oddiy javob bergandan ko’ra 
qo’lida mikrafonning maketi yoki kamera oldida( kamera vazifasini 
o’qituvchining telefoni o’tashi mumkin) javob berishi qiziqroq. 
Izzat tilasang, iffatli bo‘l. Ulug‘lik tilasang, muloyim bo‘l. Zafar 


198
tilasang, adolat yo‘lini tut. Qadr tilasang, rostgo‘y bo‘l. Jannat tilasang
sabr qil. Ilm o‘rganmoqchi bo‘lsang, jidd-u jahd qil.
Munosabat bildiring. GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
1. Nega inson ulug‘ bo‘lishi uchun muloyimtabiat bo‘lishi kerak?
2. Ilm yo‘lida jidd-u jahd (astoyidil harakat) qilishning qanday 
ahamiyati bor?
3. Adolatli bo‘lib, g‘alaba qozongan qaysi hukmdorlarni bilasiz?
373-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Quyidagi hikmatlardan Arastu 
fikrlariga mos keladiganini ajrating va daftaringizga yozing.( O’QIB 
TUSHUNISH va YOZISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. )
Yechim:
1. Igna bilan chiqar oyoqdan tikan, Igna tikan bo‘lsa, bu 
yomon ekan. (X. Dehlaviy) 2. Kuch adolatdadir. (Amir Temur) 3. Nodon 
do‘st – eng xavfli dushman. (Lafonten) 4. Har bir kishining fe’li va 
xulq-atvori o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga intilishida namoyon bo‘ladi. 
(Gyote)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling