377-mashq.
Uyga vazifa. “So‘z haqida so‘z”. O‘zbek allomalari-
ning so‘zning qadriga yetish to‘g‘risidagi hikmatlaridan 6 ta topib
yozing, sharhlashga harakat qiling.
109-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning hikmatli so’zlar va
ularning nutqdagi ahamiyati yuzasidan olgan bilimlarini matn va lug’at
bilan ishlash orqali mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson etib tarbiyalash;
foydali internet saytlari bilan tanishtirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Topshiriq.
Matnni diqqat bilan o‘qing. O’QIB yoki TINLAB
TUSHUNISH, shuningdek, GAPIRISH ko’nikmalarini rivojlan-
tiradi. Matn o’qituvchi tomonidan yoki audio shaklda o’qib
eshittiriladi. “Qayta hikoya” metodi tavsiya etiladi.
Munosabat bildiring.
GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
1. Javlonning tabiatidagi o‘zgarishga tog‘asi qanday ta’sir ko‘r-
satdi? 2. Nima sababdan Javlon aynan qushlar haqida asar qidirdi?
378-mashq.
Matnda ajratilgan so‘zlarni daftaringizga yozing,
imlosiga diqqat qiling. YOZISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
Yechim:
Mo‘jazgina, allaqanday, kutubxonachi, kutubxona, mutolaasi, zoo-
logiya, ma’lumotlar
379-mashq.
Matnning qanday yakunlanishini xohlardingiz?
Fikringizni og‘zaki bayon qiling. TINGLAB TUSHUNISH va
GAPIRISH ko’nikmalarini rivojlantiradi. “Qayta hikoya” metodi
200
Do'stlaringiz bilan baham: |