Она тили 5 мет


-mashq.  Qo’yilgan muammo


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

369-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Hikmatli so‘zlar haqida buyuk-
lar aytgan fikrlarni YOZIB OLING, sharhlashga harakat qiling. 
GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi tavsiya etiladi. O’quvchilar 
maqollarni avval o’z guruhlarida muhokama qiladilar, so’ng saylangan 
bir o’quvchi (spiker) sharhlab beradi. O’qituvchidan o’quvchi nutqiga, 
uning o’zini tutishiga e’tibor berishi talab etiladi. 
370-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Navoiy hikmatlarini YOZING. 


197
Unga mos maqollarni tanlang. “Kimning xati chiroyli?” o’yini 
tavsiya etiladi. 
So‘z – gavhar; so‘z – qo‘shiq, birinchi sado; so‘z – xazina, sarflagan 
bilan tuganmas xazina; so‘z – quyosh, nuri kamaymaydigan quyosh; 
so‘z – dengiz, suvi tugamaydigan dengiz. So‘z – jon, ruh uning qolipi. 
Til ochilgan lola bo‘lsa, so‘z shabnam kabidir.
Yechim:
Maqollar:
1. Anjom – uy ziynati, so‘z – inson ziynati. 2. Kuch egmaganini so‘z 
egadi. 3. Osh tuzi bilan sinalar, odam – so‘zi bilan. 4. Besh panjangni 
og‘zingga tiqma. 5. Olim so‘zi oz, oz bo‘lsa ham, soz. 6. Zang temirni 
kemirar, hasad – odamni. 7. Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar, 
yomon so‘zga pashsha kuchi fi l bo‘lar.
371-mashq.
 Uyga vazifa. Ilm olishning foydasi haqida o‘zingizga 
yoqqan hikmatli so‘zlardan 5 ta yozing. Muallifi haqida ham 
ma’lumot berishga harakat qiling. 
108-dars. HIKMATLI SO‘ZLAR (davomi)
Darsning a) ta’limiy maqsadio’quvchilarga hikmatli so’zlar va 
ularning nutqdagi ahamiyati haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga o’zbek tilimizning lug’at 
boylini, imkoniyatlarini ko’rsatish; o’z nutqini to’g’ri, ravon va 
tushunarli shaklda yetkazib bera oladigan farzand etib tarbiyalash

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling