353-mashq.
Uyga vazifa. Bosh so‘zi ishtirok etgan iboralarni toping.
Ular ishtirok etgan 5 ta gap yozing.
103-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarning iboralar va ular-
ning nutqdagi ahamiyati yuzasidan olgan bilimlarini matn va lug’at
bilan ishlash orqali mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda badiiy adabiyotga, kitobxonlikka
bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish.
Topshiriq.
Qo’yilgan muammo: Matnlarni diqqat bilan o‘qing. Bu
qiziq! O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
Yechim: 1. bola; 2. kitob
Munosabat bildiring topshirig’i gapirish ko’nikmasini rivojlantirish
uchun mo’ljallangan. “Intervyu” metodi tavsiya etiladi.
“Topishmoqlar aqlni charxlaydi” deyishadi. Siz nima deysiz?
354-mashq.
Qo’yilgan muammo: Matnlardagi qo‘shib yoziladigan
so‘zlarni belgilab, daftaringizga YOZING. Imlo qoidalarini yodga
oling. “Tahrir maktabi” yoki “Xatosini top” metodi tavsiya etiladi.
O’quvchilar matndan qo’shib yoziladigan so’zlarni izlaydilar. Jarayonda
ajratib yoki chiziqcha bilan yoziladigan so’zlarni tahlil qiladilar. Mashq
so’ngida qo’shib yoziladigan so’zlar yo’qligi oydinlashadi.
355-mashq.
Qo’yilgan muammo: Topishmoqlarni tinglang.
Javobini toping. TINGLAB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini
rivojlantiradi. “Meni tushun” metodi tavsiya etiladi.
Yechim:
1. Uzoq tog‘da o‘t yonar. (quyosh) 2. Suvda yotar – suv ichmas,
Yurganini odam bilmas. (oy) 3. Novcha yigit tom teshar. (yomg’ir) 4.
Saman otim soy yoqalab keladi.(sel) 5. Tomdan tuxum irg‘itdim. (do’l)
6. Otlari har xil, yoshlari bir xil.( hafta kunlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |