Она тили 5 мет


o‘qing. O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

o‘qing. O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 


242
Keksayib qolgan , ( kambagʻal, bechora, qashshoq) bir ayol uyida 
saryogʻ tayyorlab bir doʻkonchiga olib borib sotar edi. Baqqol ayol olib 
kelgan saryogʻni hech (tortib, o‘lchab) koʻrmas edi. Bir kuni negadir 
uning koʻngliga bir(shubha, gumon) tushdi. Navbatdagi olib kelingan 
saryogʻni tortib (tekshirib, nazorat qilib) koʻrdi. Bir kiloli saryogʻ 900 
gramm chiqdi. Sotuvchi juda (xafa , dili siyoh) boʻldi. 
Ertasi kuni kelgan ayolga shunday (dedi, murojaat qildi):
— Endi( men, o‘zim) sendan saryogʻ olmayman.
Ayol dedi:
— Nega endi? Bir (xatolik, ayb, gunoh) oʻtdimi mendan?
– Sen bir kilo deb beradigan saryogʻing roppa rosa 900 gramm ekan. 
Ayb emasmi?
Shunda ayol dedi:
– Taqsir, mening uyimda (tarozu, o‘chgich) yoʻq. Men sizdan olgan 
bir kilo shakarni tosh oʻrnida (ishlataman, qo‘llayman)...
Sotuvchi nima deyishni bilmay duduqlana boshladi...
Kimgadir qilingan nohaqlik hech qachon javobsiz qolmas ekan...
(Said Ahmad)
 Munosabat bildiring.
1. Qavsda berilgan so‘zlar ma’nosidagi farqni qaysi lug‘atdan 
bilishingiz mumkin?
2. Nima sababdan baqqol muloqot so‘ngida saryog‘chiga e’tiroz 
bildirolmadi.
468-mashq. 
Halollik haqidagi maqollarni daftaringizga yozing. 
YOZISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 
1.Halol ishla, halol tishla. 2.Halol mehnat yerda qolmas.3.Halol 
mehnat – mo‘l daromad. 4.Halol molning qulfi o‘zida bo‘lar. 
5.Mehnatingni halol qilsang, Huzurini ko‘rasan.6. Xalq molini yegan 
halqumidan ilinar.
469-mashq.
 O‘zbek tilining izohli lug‘atidan halqum, mol, huzur 
so‘zlarining ma’nosini topib, shu so‘zlar qatnashtirib gaplar tuzing. 
GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 
Yechim:


243
halqum
(ar-tomoq, bo’g’iz) Og’iz bo’shlig’ining qizilo’ngach bilan 
tutashtiradigan hazm yo’lining boshlang’ich, oldingi qismi
yutqun.
mol
(ar- boylik, mulk; pul) Bisotdagi buyum; mol, boylik.
huzur
(ar- bor, mavjud bo’lish, hozir bo’lish; kelish, ko’rinish, 
namoyon bo’lish) Yuqori darajadagi qanoat, qoniqish hissi
kishi vujudi, a’zolarining yayrash holati; rohat.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling