Она тили 5 мет


Ikkinchi matnda Motsartning qanday sifatlari ochib berilgan?


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

2. Ikkinchi matnda Motsartning qanday sifatlari ochib berilgan?
A. Beg‘uborligi va iste’dodi
B. Sezgirligi va orzusi
C. Dangasaligi va omadi
D. O‘yinqaroqligi va saxovati
Motsartcha iltifot
Yosh Motsart imperator saroyida chiqish qilgach, malika Mariya-
Antuanetta unga o‘zining hashamatli saroyini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. 
Zallarning birida parket polda yurolmagan Motsart sirpanib yiqilib 


240
tushadi. Malika uning turishiga yordamlashadi.
– Menga iltifot ko‘rsatdingiz… – deydi yosh musiqachi, – sizga 
uylanishimga ruxsat bering.
Mariya-Antuanetta bu haqda onasiga aytadi.
Qirolicha hali yoshgina musiqachidan so‘raydi:
– Malika hazrati oliyalariga nima sababdan uylanmoqchisan?
Minnatdorchilik yuzasidan, – javob beradi Motsart.
3. Yosh musiqachining malikaga uylanish taklifini berishiga 
sabab nima deb o‘ylaysiz?
G‘aroyib suhbat
Etti yoshli Motsart Frankfurt-na-Mayneda kontsert beradi. Tomosha 
tugagach, uning oldiga o‘n to‘rt yoshli bir bola keladi:
Juda ajoyib chalar ekansan, menga hech qachon bunaqasini 
o‘rgatishmagan.
– Nahotki! – ajablananadi yosh Volfgang, – buning hech qanaqa 
qiyin joyi yo‘q. Nota yozib ko‘rganmisan?… Kallangga keladigan 
kuylarni qog‘ozga tushirganmisan?…
– Bilmadim… Mening kallamga faqat she’r keladi, xolos.
– Yo‘g‘-e! – battar hayratlanadi Motsart. – She’r yozish juda qiyin 
deyishadi, shu to‘g‘rimi?
– Bekor gap, juda oson-ku. Bir urinib ko‘rgin…
Motsartning suhbatdoshi yosh Gyote edi.
4. ”G‘aroyib suhbat” matnidagi Mortsert va Gyotening muloqotidan 
qanday xulosa chiqardingiz? Xulosalaringizni sinfdoshlaringiz bilan 
o‘rtoqlashing.
Akademikning istagi
Volfgang yetti yoshida birinchi simfoniyasini, o‘n ikki yoshida esa 
birinchi operasi “Basten va Bastena”ni yozadi. Bolon akademiyasida 
yigirma olti yoshga to‘lmagan kishi akademiklikka qabul qilinmas edi. 
Lekin Motsartday favqulodda iqtidor egasi uchun istisnoga yo‘l qo‘yiladi. 
U o‘n to‘rt yoshida Bolon akademiyasi akademigi bo‘lib saylanadi.
Otasi uni qutlagan payt deydi:
– Dada, mana akademik ham bo‘ldim, endi yarim soat o‘ynab 
kelishimga ruxsat berasizmi?
(Hikoyalarni Orifjon Madvaliyev tayyorladi.
«Yoshlik» jurnali, 2015 yil, 7-son)


241

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling