Она тили 5 мет


ko’nikmalarini rivojlantiradi


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

ko’nikmalarini rivojlantiradi. 
Uquvchimga...
Bu dunyoda o‘quvchi ko‘p, lekin uquvchi kam. Shu sabab, men, 
aynan, uquvchimga murojaat qilyapman!
Qadrli uquvchim, kamtar bo‘l, biliming bilan havolanma. Bilki, 
ilm va tafakkur besarhad. Sen hali bilmaydigan, hatto bilmasligingni 
bilmaydigan bebaho narsalar ko‘p. Kibr bilan o‘rganilgan bilim pista 
po‘chog‘i kabi beqadrdir.
Aziz uquvchim, sen o‘zgalarni qadrla, kam so‘zla, ko‘p tingla. 
Ulug‘lar aytadi, ko‘p gapirish donolik emas, nodonlik belgisi. Ko‘p 
tingla!
Aziz uquvchim,birovdan xato izlama. Sen ham xatodan xoli 
emassan. Men xatosizman, deyishingning o‘zi sening birinchi xatoying 
bo‘lsa, birovdan xato izlashing ikkinchi xatoying. Demak, senda ham 
hech bo‘lmasa, ikki xato bor.
(NODIRMOHBEGIM)
464-mashq.
 Motsert haqidagi matnni diqqat bilan o‘qing. O’QIB 
TUSHUNISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 


239
Masalan, men…
Motsartning favqulodda iste’dodga ega bo‘lganligi ma’lum. U to‘rt 
yoshida klavishli cholg‘u asboblari uchun kontsert – murakkab musiqa 
asari yozadi. Bunday asarni mahoratli va tajribali san’atkorlargina ijro 
etishi mumkin edi. Motsartning mehribon otasi hali yozib tugatilmagan 
notalarga qarab hayratga tushadi:
– Axir, bu kuylaring juda murakkab-ku, uni hech kim chala olmaydi!
– Qiziqmisiz, dada, – e’tiroz bildiradi Volfgang, – Uni hatto yosh 
bolalar ham chala oladi-ku. Masalan, men…
1. ”Masalan, men,” matnida Motsart o‘zini qanday his qiladi?
A. Murakkab asar yozuvchisi ekanligini
B. Iste’dodlili bola ekanligini
C. Notalarni ko‘rib hayratga tushganligini
D. Hali yosh bolaligini.
Mushuk ketib qoladi
Motsartning butun bolaligi turli tadbirlardagi chiqishlar va musiqa 
mashg‘ulotlari bilan o‘tgan. Yosh iste’dod sohibi Yevropaning turli 
burchaklarida tashkil etilgan kontsertlarda oqsuyaklarni hayratga solib 
yuradi: otasi Motsartning ko‘zini ro‘molcha bilan yopib qo‘yar, u ana 
shu holatda ham kuy ijro etardi. Hatto cholg‘u asbobining klaviatura-
tugmalarini ham ro‘molcha bilan yopib qo‘yishar, shunda ham bolakay 
o‘z ishini uddalay olardi.
Kontsertlarning birida sahnaga to‘satdan mushuk chiqib keladi. Yosh 
Motsart kuy chalishni to‘xtatib, mushuk tomon yugurib ketadi. Hamma 
narsani unutib, mushuk bilan ovora bo‘ladi. Otasining asabiy baqirig‘iga 
javoban esa shunday deydi:
– Cholg‘u asbobim hech qayoqqa ketmaydi, lekin mushuk ketib 
qolsa nima qilaman?!

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling