Она тили 5 мет


qushlar aniqlanadi.Ular ishtirokida gaplar tuzib, daftarga yoziladi


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

qushlar aniqlanadi.Ular ishtirokida gaplar tuzib, daftarga yoziladi.
Zag‘izg‘on, kalxat, tovus, sassiqpopishak, bulbul, sa’va, qarg‘a, 
chumchuq, to‘ti, tuyaqush, bedana, boyo‘g‘li.
44-mashq. 
Uyga internet sahifalaridan qushlar haqida 5 ta qiziqarli 
ma’lumot topib, yozib kelish vazifasi yuklanadi.

13-d a r s. UNLI TOVUSHLAR
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga tovushlarning hosil bo‘lishi; unli 
va undosh tovushlar haqida nazariy ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ommaviy-axborot vositalaridan 
unumli va o‘rinli foydalanishga o‘rgatish; mafkuraviy immunitetini 
mustahkamlash;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qish; 
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakl lantirish.
Zavq beruvchi qushush






48
Yozuv taxtasi yoki monitorga internet rasmi tirkaladi.
“Rolli o‘yin” orqali topshiriqda berilgan dialog ikki o‘quvchi 
tomonidan o‘qiladi. O‘quvchilarda TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi 
ustida ishlanadi.
Internetning afzallik tomonlari haqida o‘quvchilar “Bume rang” 
texnologiyasi elementidan foydalanib, “Men internet haqida shuni 
bilaman, sen-chi?”qisqa muloqot uyushtiradilar.
45-mashqda
 o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi shakl lan tiriladi. 
O‘quvchilarning O‘QIB TUSHUNISH ko‘nikmasi shakllantiriladi.
O‘quvchilar matnni mustaqil o‘qiydilar. Ajratilgan so‘zlar imlosiga 
diqqat qiladilar.
ΧΧΙ asr yoshlar hayotiga sezilarli o‘zgarishlar olib keldi. O‘tgan asr 
bolalari maktab, turli to‘garaklar va sport markazlariga chopgan hamda 
vaqtini shu kabi mashg‘ulotlar bilan mazmunli o‘tkazgan bo‘lsa, bugungi 
yoshlarning qiziqishi boshqacha. Bugungi hayotni internetsiz tasavvur 
qilish qiyin. Shubhasiz, internet – davrimizning eng buyuk ixtirolaridan 
biri. Katta-kichik har kim uning xizmatlaridan foydalanishi mumkin. 
Biroq yoshlar undan to‘g‘ri foydalanyaptimi? Hozir to‘rt-besh yashar 
bola ham kompyuterdan bemalol foydalanishi, ertadan kechgacha 
avtopoyga” o‘ynashi yoki “jangari film ishtirokchisi”ga aylanishi 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling