44
Feruza va Abrorlarning fikrlari taqqoslangach, o‘quvchilar
tabiatga munosabat bildiradilar.
1. Feruzaning zavqlanib gapirishiga sabab nima? Unga kuz nimasi
bilan yoqadi?
2. Abrorning nutqidagi “kulrang kundalik” nimaga ishora qilyapti?
Bu faslning Abrorga yoqqan va yoqmagan taraflarini ayting.
3. Sizga kuz yoqadimi? Nega?
Matndagi talaffuzi va yozilishida farq qiluvchi so‘zlar ustida
ishlash ham o‘quvchining so‘zga bo‘lgan e’tiborini oshiradi. YOZISH
ko‘ikmasini shakllanishiga yordam beradi
“Men boshlayman, sen davom ettir!” grammatik o‘yini orqali
o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi orqali nutqi, shuningdek,
tovush va harf haqidagi fikrlari kengaytiriladi.
Izoh: O‘quvchilar yozuv taxtasi yoki daftarga yozilishi talaffuz
qilinganidek bo‘lmagan so‘zlarni ajratib yozadilar. Ularga izoh
beradilar. Masalan: “tabiat” so‘zi talaffuzida tovush ortishi
kuzatiladi. Yozuvda esa bu holatga amal qilinmaydi…
36-mashqda
o‘quvchilar topshiriqdagi matndan xulosa chiqa-
radilar, kuz haqida o‘zlariga xos o‘xshatishlar topadilar, daftarga
yozadilar.
Namuna: 1. Kuz – bahorda ekilgan ekinlarni yig‘ishtirish fasli.
2. Kuzda ba’zi qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadi.
“O‘xshatdim” grammatik o‘yini orqali vazifani bajarishlari mumkin.
1-o‘quvchi:
– Kuzni o‘xshatdim!
2-o‘quvchi:
– Nimaga o‘xshatding?
1-o‘quvchi:
– Oltin libosli ulkan insonga o‘xshatdim!
Do'stlaringiz bilan baham: