Она тили 5 мет


-mashqda. Gaplardagi nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi so‘z-


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

31-mashqda.
Gaplardagi nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi so‘z-
lardan mosini qo‘yib ko‘chirish, nega aynan shu so‘zni tanlanganini 
izohlash vazifasi yuklanadi.
Yechim:
 
Mashq shartiga ko‘ra 1-gapda nuqtalar o‘rniga sayroqi, 
keyingilariga qadimgi, nolasi, yoqimli so‘zlarining qo‘yilishi o‘qi-
tuvchi tomonidan nazoratga olib turiladi. (O‘quvchilarning YOZISH 
ko‘nikmasi shakllantiriladi).
32-mashq.
 Uyga vazifa. “Ish bilganga bir tanga, gap bilganga 
ming tanga” mavzusida 10–12 ta gap orqali yozma bayon qilish 
topshirig‘i beriladi.
8-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
 
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarнинг матн ва унинг 
турлари ҳақидаги bilim va ko‘nikmalarшni mustahkamlash; 
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda komil inson sifatlarini rivoj-
lantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni ijodiy fikrlarga o‘rgatish. 
Dars “Odamiy ersang…” kitobidan matnini tinglash bilan boshlanadi. 
Matnni TINGLAB TUSHUNGAN o‘quvchilar o‘zlari uchun 
matndagi tushunilishi qiyin tuyilgan so‘zlar lug‘atini tuzadilar.
Matnning birinchi qismi yuzasidan “Debat” metodi asosida 
savol-javob (GAPIRISH) tashkillashtirilgach, matnning 2-qismi 
o‘quvchilar tomonidan ifodali o‘qitiladi.
Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi 
fonetika deb ataladi. Nutq tovushlari, tabiatdagi boshqa tovushlardan 
farqli ravishda, ma’no farqlaydi.
Lug‘at: odamiylik – odamga, chin insonga xos xislatlar


42
Yaxshi so‘z – odamiylikning tamal toshi, tarbiyalanganlikning asl 
mevasi, insonning ziynati. Darhaqiqat, odamning odamga, elning elga 
nisbatan ezgu muomalasigina bu dunyoning davomiyligini ta’minlaydi 
va madaniyatini belgilaydi. 
Yaxshi ish – odamiylikning ikkinchi mezoni. Dunyoda ezgu maqsad 
va ezgu ish abadiy qoladi.
Yaxshi xulq – odamiylikning uchinchi alomati. Yaxshilik yo‘lini 
tutganlar yaxshi xulq sohibi ham bo‘ladilar.
Ma’rifat – odamiylikning to‘rtinchi belgisi.
Zero, har bir muslimga “Beshikdan to qabrgacha ilm izlash” joizdir. 
(“Odamiy ersang…” kitobidan)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling