Она тили 5 мет


mumkin. Bir qarashda buning yomon


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

mumkin. Bir qarashda buning yomon joyi yo‘qdek. Bolaning uquvi 
kuchayadi, ko‘proq axborot oladi. Ammo bu narsa odat tusiga kirsa
noxush oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. Hamma gap internetdan 
qanday foydalanishda! (H.Hamdamov)
“Men bilib oldim, sen-chi?” texnologiyasi orqali qisqa savol-javob 
o‘tkazadilar.
46-mashqda
 o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi shakllan tiriladi. 
Matnga tayangan holda o‘qib tushungan matndan xulosalarini 
bayon etadilar.
1. Sizni internetdagi qanday ma’lumotlar qiziqtiradi?
2. Ertalabdan kechgacha kompyuter yonida o‘tirib, jangari filmlar 
tomosha qilishni yoqtirasizmi? Buning nimasi sizga yoqadi?
3. Uy vazifasi uchun internet ma’lumotlaridan axborot izlashni 
bilasizmi?
47-mashqda
o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi shakl lan-
tiriladi. O‘quvchilar savollarga javob berish orqali internet haqida 
mustaqil fikrlarini bayon etadilar.
Internetdagi “Gugl” (“Google”) tizimi haqida bilasizmi? Bu qidiruv 
tizimi 101dan ortiq tillarda so‘rovlarni qayta ishlaydi va 132 mingdan 
ortiq kompyuterdan iborat. Uning imkoniyati juda katta. Bu tizim 


49
kuniga bir milliarddan ortiq qidiruvni amalga oshiradi. Siz ham uning 
imkoniyatlaridan foydalanganmisiz? Jumladan, qanday qidiruvlarni 
amalga oshirgansiz?
Tovushlar talaffuziga e’tibor qaratiladi. Qaysi unli tovush lar 
yozilgani kabi talaffuz qilinmayotgani haqida o‘qituvchi yordamida 
mushohada yuritadilar.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan “Talaffuz mashqi” usulidagi amaliy ish 
o‘tkazadi.
(O‘qituvchi o‘quvchilarga ko‘zlarini yumishni taklif qiladi. 
O‘quvchilar ko‘zlarini yumgach, chuqur nafas olishlari haqida 
aytiladi.O‘quvchilar qanday holatni sezganliklari haqida so‘rab boriladi. 
Chuqur nafas olgan o‘quvchilarga “A”, “O”… unlilarini aytish taklif 
etiladi. O‘quvchilar o‘pkadan chiqayotgan havoning to‘siqqa uchrashi 
yoki uchramayotgani haqida xulosalarini bayon etadilar)
48-mashq.
YOZISH ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘nal tirilgan. 
O‘quvchilar tanovul, kulgi, uyqu,ustomon, maza,uchala, xo hish, 
xushhol, shoxobcha,qutulmoq, hamfikr so‘zlarini daftarga ko‘chirishlari 
orqali YOZISH ko‘nikmasi ustida ishlaydilar.So‘zlardagi tovushlarning 
talaffuzi va imlosiga diqqatni qaratadilar.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling