Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda o‘qish savodxonlikni 
shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushunish,o‘qish; 
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Tashkiliy qismda o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jamlash va o‘zaro 
munosabatni shakllantirish uchun “Muzyorar” usulidan foydalansa 
bo‘ladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmalari 
shakllantiriladi.
O‘qituvchi: – Kimga nima qadrli?
(o‘quvchilar fikrlari tinglangach, o‘qituvchi vaqtning qadri haqida 
mulohaza bildiradi)
(Audio yoki o‘qituvchi yordamida “Biz bilgan va bilmagan dunyo” 
kitobidan olingan topshiriqdagi matn o‘qiladi. Bunda o‘quvchilarning 
TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi shakllantiriladi)
Matndagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlar lug‘ati daftarda 
yozdiriladi.
Vaqt qanday belgilanishini bilasizmi? Yerning 
quyoshga nisbatan harakati vaqtni o‘lchashda asosiy 
rol o‘ynaydi. Ona sayyoramizning bir qismi quyosh 
nurlaridan bahramand bo‘lganida, boshqa qismi 
qorong‘ilik ichida bo‘ladi. Shu sababli yer yuzining 
turli nuqtalaridagi soatlar har xil vaqtni ko‘rsatadi.
Toshkentdagi tarixiy-me’moriy yodgorlik – kurant 
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba sharafiga 
1947-yil shahar markazida Usta Shirin ishtirokida qurilgan.1966-
yildagi zilzila natijasida soat buzilgan va zudlik bilan ta’mirlanib, ishga 
tushirilgan. Toshkent kurantishahar me’moriy ansamblining Markaziy 
xiyobonida joylashgan.
Lug‘at:
ansambl
– o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning birikuvidan 
iborat bino va inshootlar majmuyi; 
kurant
– minoraga o‘rnatilgan soat


51
“Mening taklifim” metodi orqali o‘quvchilar xattaxtaga sarlavhalarini 
yozadilar.
Sarlavhadan mosi aniqlanadi va “Eng yaxshi sarlavha” nomini olgan 
o‘quvchi ishi rag‘bat sifatida boshqa o‘quvchilar daftarlariga yozdiriladi.
Ajratilgan: quyoshga, yodgorlik, shahar, markazida, Tosh kent, 
xiyobonida so‘zlari o‘quvchilarga talaffuz qildiriladi; Bu so‘zlarning 
hosil bo‘lishida qatnashayotgan a’zolar sanab o‘tiladi. ( Masalan: 
q,y,sh,g –tilimizda; h – bo‘g‘izda to‘siqqa uchrashi kuzatiladi)
2. Toshkent kuranti Toshkentning ramzi hisoblanadi. Sha harning 
boshqa ramzlarini sanash uchun “Men boshlayman, sen davom ettir” 
munozarasi olib boriladi:
– Ona haykali- Mustaqillik monumenti;
– O‘zbekiston mehmonxonasi;
– Amir Temur muzeyi;
– Ko‘rgazmalar binosi..
Aytib o‘tilgan ramzlarni ifodalagan so‘zlar qanday undoshlardan 
hosil bo‘lgani; ularning hosil bo‘lishida qaysi a’zolar qatnashgani haqida 
fikrlar eshitiladi. (Bu esa o‘quvchini e’tiborli bo‘lishga undaydi)
“Bilib oling” rukni ustida ishlanadi.
52-mashqda
“Talaffuz mashqi” o‘tkaziladi.( Ma’lum tovush olinib
talaffuziga e’tibor qaratiladi. Lablar yordamida yuzaga kelayotgan 
undoshlar; tillar yordamida yuzaga kelayotgan undoshlar; bo‘g‘iz 
yordamida yuzaga kelayotgan undosh talaffuz qilinadi.)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling