Topshiriqni bajaring. “Kichik guruhlarda ishlash” meto didan
foydalanish tavsiya etiladi.
1. Nima deb o‘ylaysiz, qishloq oqsoqoli muammoni hal qilish uchun
qanday taklif berishi mumkin? Bu haqda o‘ylagan 3 ta yechimingizni
YOZING.
2. Robotlarning hayotimizga kirib kelishi, sizningcha, yaxshi mi yoki
yomon? Fikringizni asoslovchi 5 ta og‘zaki dalil kelti ring. GAPIRING.
3. Matnda ajratilgan talaffuzdosh so‘zlar ma’nosini farqlayotgan
tovushlarni toping, ma’nosini o‘qituvchingiz yordamida izohlang.
GAPIRING.
70-mashq.
Qo’yilgan muammo: Bir tovush o‘zgarishi bilan ma’nosi
butunlay farqlanadigan 10 ta so‘z YOZING. “So‘zlar bahsi” metodi
tavsiya etiladi.
Yechim:
1-topshiriq.
Bitta harf orttirilishi bilan yasaladigan so‘zlarni aniq-
lang.
2-topshiriq.
Bitta harf o‘zgarishi bilan yasaladigan so‘zlar toping.
1-topshiriq:
Ot, ota, otam, hotam, sot,soat…
2-topshiriq:
to‘z, to‘y, to‘k, to‘q, to‘r, to‘l, to‘ladi, bo’ladi…
71-mashq.
GAPIRING. Sinfda rasm chizishga qiziqadigan o’quv-
chilar anchagina. Avvalgi darsda o’quvchilarga robotlarning har xil
harakatlarni amalga oshirishlari aks etgan rasmlarini chizib kelish
topshirig’i berilsa, ma’qul bo’lar edi. O’quvchilar chizgan rasmlaridagi
robotlarning qanday ishlarni amalga oshirayotganligini sharhlab
beradilar.
72-mashq.
Qo’yilgan muammo: Nuqtalar o‘rniga tushirib qoldiril-
gan unli yoki undoshlardan mosini qo‘yib, YOZING.
Yechim:
1. Avvalo, robot tabiiy emas, o‘zi yaralmagan, ongli mavjudot
tomonidan yasalgan.
2. Atrof-muhitni kuzata oladi, bunda ko‘rish orqali kuzatishi shart
emas, boshqa turdagi sezgi bo‘lishi ham mumkin.
3. Dasturga tayanib, buyruqlar ketma-ketligida erkin harakatlana
oladi. (“Biz bilgan va bilmagan dunyo”)
Do'stlaringiz bilan baham: |