Она тили 5 мет


-dars. SO‘ZLARDA TOVUSH TUSHISHI


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

23-dars. SO‘ZLARDA TOVUSH TUSHISHI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda og’zaki va yozma 
nutqdagi tovush tushish hodisalari haqida bilim va ko’nikma hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga turli yot g’oyalarga qarshi 
munosabat bildirishlarida diniy va dunyoviy kitoblarning ahamiyatini 
singdirish ;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda talaffuz va imloda tovush 
o‘zgarishi hodisalaridan o‘rinli foydalana olish; tinglab tushunish
o‘qish; gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiya larni shakllantirish
Darsning tashkiliy qismidan so’ng o’quvchilar bilan hadislar va 
ularning tarbiyadagi ahamiyati haqida suhbatdan boshlash tavsiya 
etiladi. 
“O’zgalarga muhtoj bo’lmaslik uchun mehnat qilish inson ning 
fazilatidir” 
Bahouddin Naqshband haqidagi matn avval o’qituvchi tomonidan 
o’qib eshittiriladi. O’quvchilarda TINGLAB TUSHU NISH ko’nikmasini 
sinash uchun 5–6 nafar o’quvchidan “Navbat sizga” o’yini orqali matn 
GAPIRILADI. 
Qo’yilgan muammo: Matnni o‘qing. Matnda ajratilgan so‘z-
larning talaffuzi va yozilishiga e’tibor bering.
Diniy ma’rifatni targ‘ib qilishda, tinch va pokiza hayot kechirishda 
bizga ibrat bo‘ladigan ulug‘ bobolarimizdan biri Bahouddin Naqshband 
sanaladi. 
U 1318-yilda Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog‘ida tavallud 
topgan. Bolalik chog‘idanoq ko‘ngli ilmga moyil bo‘lgan.
Bahouddin Naqshband ilmni puxta o‘rganish va targ‘ib qilish bilan 
birgalikda usta hunarmand sanalgan. Shoyi gazlamalarga, temir va mis 
buyumlarga naqsh solish bilan kun kechirgan. Umrini insonlarga xolis 
xizmat qilish bilan o‘tkazgan. O‘z ta’limotiga “Dast ba kor-u dil ba yor!”, 
ya’ni “Qo‘ling ishda va diling Allohda bo‘lsin!” degan g‘oyani bosh 
shior qilib olgan. Shu bois Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurahmon 
Jomiy kabi Sharq allomalari uni o‘zlariga pir (ustoz) deb bilishgan.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling