Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

77-mashq.
 Uyga vazifa. Men, albatta, baxtli bo‘lamanmavzusida 
10–12 ta gapdan iborat matn tuzing. Matningizda umid qilmoq, 
harakat qilmoq, intilmoq, izlanmoq, erishmoq, havas qilmoq kabi 
so‘zlardan foydalaning.
 
21-dars. FONETIK HODISALAR. TOVUSH ORTTIRILISHI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga fonetik hodi salar, 
og’zaki va yozma nutqning adabiy me’yorlari, tovush orttirilishi 
hodisasi haqida tushuncha berish orqali tinglab tushunish va yozish 
kompetensiyasini singdirish; 
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda ota-bobolarimizga hur mat 
ruhini singdirish va tibbiy madaniyatni shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda talaffuz va imloda tovush 
o‘zgarishi hodisalaridan o‘rinli foydalana olish;
Darsni tabletka haqidagi qiziq ma’lumot bilan boshlash mumkin. 
Siz va bizning odatiy kun tartibimizdan joy olib ulgurgan tabletka 


61
so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, kulcha degan ma’noni anglatar 
ekan. O’quvchilarga tabletkalar haqidagi quyidagi savollar beriladi?
1. Tabletkalardan qachon foydalanamiz?
2. Parasetamol tabletkasidan nima maqsadda foydalanamiz?
3. Ayrim tabletkalarning o’rnini bosuvchi qanday o’simliklarni 
bilasiz?
4. Kattalar dorixonadan tabletka sotib olayotganda ko’pincha qaysi 
davlatlarda ishlab chiqarilganlarini so’rashadi?
Darslikda berilgan “O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin” matni 
audio yoki o’qituvchi yordamida O’QIB ESHITTIRILADI.
O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin”
Inson organizmida har bir a’zoning alohida o‘rni bor. Aytaylik,
miya fi krlash, borliqni anglashda asosiy sanalsa, ko‘z bajarayotgan 
vazifani hech bir mubolag‘asiz hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin.
Lekin vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki, uning holati, 
umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu – yashashni ta’min laydigan 
a’zo, ya’ni yurakdir.
Vujudimizda “jon” deb atalmish omilning barhayotligi, yurib 
turganimizga sabab, avvalo, yurakning ishlab turishidir.
Yurakni asrash uchun ko‘plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo 
shunday dori kashf qilish kerakki, uning yurakka ta’siri boshqa 
noqulayliklarni keltirib chiqarmasin.
O‘zbekiston olimlari yurak xuruji kasalliklariga malham bo‘ luvchi 
“Allapi nin” degan preparatni kashf etishdi. Uning ixti ro qilinishiga o‘n 
yildan ziyod vaqt ketdi. Yer yuzidagi mu taxassislarning tan olishi, dorini 
sanoat asosida ishlab chiqarishga ham undan kam vaqt sarfl anmadi.
O‘zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o‘tkaz 
gan tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shu preparat 
insoniyatga tuhfa etildi. Kashfi yotchi olimlar ilm-fan sohasidagi yuksak 
mukofot – Beruniy nomidagi davlat mukofoti bilan taq dirlandilar. (Sh. 
Jabborov)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling