Она тили 5 мет
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqni bajaring.
- 68-mashq. Qo’yilgan muammo
- 69-mashq. Uyga vazifa. Do‘stlik va birdamlik haqida o‘zbek shoirlari ijodidan namunalar YOZING. Talaffuzi va yozilishida
67-mashq.
Darslikdagi rasmga e’tibor qaratiladi. 1-guruh 2-guruh 3-guruh “Barchamizning tilagimiz bitta – tinchlik” “Dunyo tinchligi bolalar kulgisida aks etadi” “Kurrayi zamin barchamizniki” Topshiriqni bajaring. 1. Jamoaning kuch-qudrati haqida uch jumlada fikr bayon qiling. 2. Matnga har xil sarlavha tanlang. 3. So‘nggi xatboshidagi maqollar qatorini sharhlang. 4. Ajratilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring, aytilishi va yozilishiga 57 68-mashq. Qo’yilgan muammo: Maqollarni daftaringizga YOZING. Aytilishi va yozilishi farqli so‘zlarning tagiga chizing. Ulardagi g‘oya to‘g‘ri sida fikrlashing. Yechim: 1. Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. 2. Elga qo‘shilsang, er bo‘lasan, Eldan ajralsang, yer bo‘lasan. 3. Ikki qo‘l qilganini bir qo‘l qilolmas. 4. Birlashgan qo‘lda unum bo‘lar. 5. Bir kishi ming kishi uchun, ming kishi bir kishi uchun. 69-mashq. Uyga vazifa. Do‘stlik va birdamlik haqida o‘zbek shoirlari ijodidan namunalar YOZING. Talaffuzi va yozilishida farq qiluvchi so‘zlarning tagiga chizing. 19-dars. NUTQ TOVUSHLARINING MA’NO FARQLASHI Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga nutq tovush larining vazifasi ma’no farqlash ekanligini o’rgatish; nutq tovush larining vazifasini singdirish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning ixtirochilikka bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish; inson aqli, qudrati, imkoniyatlari haqidagi tushunchalarini boyitish; d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushu nish,o‘qish; gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish. Dars Anvar Obidjonning “Avtobola” asariga ishlangan “Til simoy- g’aroyib qizaloq” filmidan eng qiziq voqeani gapirish bilan boshlansa, o’quvchilarda robotlar haqida tasavvur pay do bo’ladi. Darslikdagi matn audio shaklda eshitiriladi. Matn o’quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH ko’nik masini rivojlantirishga mo’ljallangan. Bizning zamonda bir qishloq bo‘lgan ekan. Qishloq odamlari mehnatkash va ahil ekanlar. Kunlarning birida bu qishloqqa bir ixtirochi yigit o‘zi yasagan robotni olib kelibdi va qishloq ahlini kashfi yoti bilan tanishtiribdi. Bu robot juda kuchli va mehnatkash ekan. Tez orada u qishloqdagi og‘ir ishlarni o‘rganib olibdi. Robot dastyor bola bajaradigan barcha ishlarni: yer chopish, daraxt o‘tqazish, hayvonlarga ortiladigan anjom-abzallarni tashishni ham o‘zi uddalar ekan. Odamlar bir haftada qiladigan qiyin, o‘g‘ir ishlarni robot bir kunda qilar ekan. Qishloqdagilar o‘zlari ishlashdan ko‘ra robotni ishlatishni afzal ko‘ra boshla shibdi. Ixtirochi yigit esa yana o‘nta shunday robot yasab, ularni sinovdan o‘tkaza boshlabdi. Ammo odamlar bora-bora arzimagan ishlarni ham robotlarga buyuradigan bo‘lishibdi. Ana shundan keyin muammolar boshlanibdi: kuni bilan bekorchilikka o‘rgangan odamla yalqov, urishqoq bo‘lib qolishibdi. Ahillik yo‘qolganini ko‘rgan qishloq 58 oqsoqoli baloning oldini olish maqsadida odam larga ham, ixtirochiga ham yoqadigan taklif aytibdi… (Sh. Sattorov) Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling