Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

67-mashq.
 Darslikdagi rasmga e’tibor qaratiladi. 
1-guruh
2-guruh
3-guruh
“Barchamizning tilagimiz 
bitta – tinchlik”
“Dunyo tinchligi bolalar
kulgisida aks etadi”
“Kurrayi zamin
barchamizniki”
Topshiriqni bajaring.
1. Jamoaning kuch-qudrati haqida uch jumlada fikr bayon qiling.
2. Matnga har xil sarlavha tanlang.
3. So‘nggi xatboshidagi maqollar qatorini sharhlang.
4. Ajratilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring, aytilishi va yozilishiga


57
68-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Maqollarni daftaringizga YOZING. 
Aytilishi va yozilishi farqli so‘zlarning tagiga chizing. Ulardagi g‘oya 
to‘g‘ri sida fikrlashing.
Yechim:
1. Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. 2. Elga qo‘shilsang, 
er bo‘lasan, Eldan ajralsang, yer bo‘lasan. 3. Ikki qo‘l qilganini bir qo‘l 
qilolmas. 4. Birlashgan qo‘lda unum bo‘lar. 5. Bir kishi ming kishi 
uchun, ming kishi bir kishi uchun.
69-mashq.
 Uyga vazifa. Do‘stlik va birdamlik haqida o‘zbek 
shoirlari ijodidan namunalar YOZING. Talaffuzi va yozilishida 
farq qiluvchi so‘zlarning tagiga chizing.
19-dars. NUTQ TOVUSHLARINING MA’NO FARQLASHI
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga nutq tovush larining 
vazifasi ma’no farqlash ekanligini o’rgatish; nutq tovush 
larining 
vazifasini singdirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning ixtirochilikka bo’lgan 
qiziqishlarini uyg’otish; inson aqli, qudrati, imkoniyatlari haqidagi 
tushunchalarini boyitish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushu nish,o‘qish; 
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Dars Anvar Obidjonning “Avtobola” asariga ishlangan “Til simoy-
g’aroyib qizaloq” filmidan eng qiziq voqeani gapirish bilan boshlansa, 
o’quvchilarda robotlar haqida tasavvur pay do bo’ladi. Darslikdagi matn 
audio shaklda eshitiriladi. Matn o’quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH 
VA GAPIRISH ko’nik masini rivojlantirishga mo’ljallangan.
Bizning zamonda bir qishloq bo‘lgan ekan. Qishloq odamlari 
mehnatkash va ahil ekanlar. Kunlarning birida bu qishloqqa bir 
ixtirochi yigit o‘zi yasagan robotni olib kelibdi va qishloq ahlini kashfi 
yoti bilan tanishtiribdi. Bu robot juda kuchli va mehnatkash ekan. Tez 
orada u qishloqdagi og‘ir ishlarni o‘rganib olibdi. Robot dastyor bola 
bajaradigan barcha ishlarni: yer chopish, daraxt o‘tqazish, hayvonlarga 
ortiladigan anjom-abzallarni tashishni ham o‘zi uddalar ekan. Odamlar 
bir haftada qiladigan qiyin, o‘g‘ir ishlarni robot bir kunda qilar ekan. 
Qishloqdagilar o‘zlari ishlashdan ko‘ra robotni ishlatishni afzal ko‘ra 
boshla shibdi. Ixtirochi yigit esa yana o‘nta shunday robot yasab, ularni 
sinovdan o‘tkaza boshlabdi. Ammo odamlar bora-bora arzimagan 
ishlarni ham robotlarga buyuradigan bo‘lishibdi. Ana shundan keyin 
muammolar boshlanibdi: kuni bilan bekorchilikka o‘rgangan odamla 
yalqov, urishqoq bo‘lib qolishibdi. Ahillik yo‘qolganini ko‘rgan qishloq 


58
oqsoqoli baloning oldini olish maqsadida odam larga ham, ixtirochiga 
ham yoqadigan taklif aytibdi… (Sh. Sattorov)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling