kislorod, kompyuter, zarra kabi so’zlardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Sayyoramizni o‘zga sayyoradan turib kuzatishni xohlay sizmi?
3. O‘zga sayyoralar sizni nimasi bilan qiziqtiradi? Uchar likopchalar
haqida nimalarni bilasiz?
81-mashq.
Qo’yilgan muammo: O’quvchining TINGLAB TUSHU-
NISH qobiliyatini rivojlantirish maqsadida matn asosida tuzilgan test
topshiriqlari havola etiladi.
Yechim:
1. “Ulkan portlash”dan keyin koinot nimalar bilan to‘lgan?
a) mayda zarralar va suv tomchilari bilan;
b) quyuq chang va gazlar bilan;
c) qum zarralari va kislorod bilan;
d) chang va tomchilar bilan.
2. “Ulkan portlash” haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
a) 13,8 milliard yil avval sodir bo‘lgan;
b) biz shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz;
c) “Ulkan portlash” hali tugagan emas;
d) u faqatgina bir marta sodir bo‘lgan.
82-mashq.
Qo’yilgan muammo: “Kim chaqqon?” o’yini orqali
sinf doskasida bajariladi. Matnda uchragan so’zlar “O’zbek tilining
izohli lug’ati”dan o’quvchilarning mustaqil ravishda topishlari tavsiya
etiladi; lug’at bilan ishlash ko’nikmasi shakllanadi.
Yechim:
koinot
butun borliq, galaktika
milliard
mingta million
undan
3-shaxs shaklidagi kishi yoki narsaga ishora
atalmoq
nomlanmoq
mikroskop
zarrabin, kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob
83-mashq.
Uyga vazifa. Quyidagi gaplarni davom ettiring va
daftaringizga YOZING.
1. Men o‘zga sayyoralik bilan uchrashib qolsam, …
2. Ming yildan so‘ng bizning sayyoramizda …
3. Men ham sayyoralararo uchuvchi kema yasayman. Buning
uchun…
65
Do'stlaringiz bilan baham: |