Она тили 5 мет
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-dars. FONETIK HODISALAR. TOVUSH ORTTIRILISHI Darsning a) ta’limiy maqsadi
- O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin”
77-mashq.
Uyga vazifa. “Men, albatta, baxtli bo‘laman” mavzusida 10–12 ta gapdan iborat matn tuzing. Matningizda umid qilmoq, harakat qilmoq, intilmoq, izlanmoq, erishmoq, havas qilmoq kabi so‘zlardan foydalaning. 21-dars. FONETIK HODISALAR. TOVUSH ORTTIRILISHI Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga fonetik hodi salar, og’zaki va yozma nutqning adabiy me’yorlari, tovush orttirilishi hodisasi haqida tushuncha berish orqali tinglab tushunish va yozish kompetensiyasini singdirish; b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda ota-bobolarimizga hur mat ruhini singdirish va tibbiy madaniyatni shakllantirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda talaffuz va imloda tovush o‘zgarishi hodisalaridan o‘rinli foydalana olish; Darsni tabletka haqidagi qiziq ma’lumot bilan boshlash mumkin. Siz va bizning odatiy kun tartibimizdan joy olib ulgurgan tabletka 61 so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, kulcha degan ma’noni anglatar ekan. O’quvchilarga tabletkalar haqidagi quyidagi savollar beriladi? 1. Tabletkalardan qachon foydalanamiz? 2. Parasetamol tabletkasidan nima maqsadda foydalanamiz? 3. Ayrim tabletkalarning o’rnini bosuvchi qanday o’simliklarni bilasiz? 4. Kattalar dorixonadan tabletka sotib olayotganda ko’pincha qaysi davlatlarda ishlab chiqarilganlarini so’rashadi? Darslikda berilgan “O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin” matni audio yoki o’qituvchi yordamida O’QIB ESHITTIRILADI. O‘zbekni mashhur qilgan “Allapinin” Inson organizmida har bir a’zoning alohida o‘rni bor. Aytaylik, miya fi krlash, borliqni anglashda asosiy sanalsa, ko‘z bajarayotgan vazifani hech bir mubolag‘asiz hayot ramziga muqoyasa qilish mumkin. Lekin vujudimiz ichra shunday bir a’zo borki, uning holati, umuman, inson tirikligini ifoda etadi. Bu – yashashni ta’min laydigan a’zo, ya’ni yurakdir. Vujudimizda “jon” deb atalmish omilning barhayotligi, yurib turganimizga sabab, avvalo, yurakning ishlab turishidir. Yurakni asrash uchun ko‘plab dori vositalari yaratilyapti. Ammo shunday dori kashf qilish kerakki, uning yurakka ta’siri boshqa noqulayliklarni keltirib chiqarmasin. O‘zbekiston olimlari yurak xuruji kasalliklariga malham bo‘ luvchi “Allapi nin” degan preparatni kashf etishdi. Uning ixti ro qilinishiga o‘n yildan ziyod vaqt ketdi. Yer yuzidagi mu taxassislarning tan olishi, dorini sanoat asosida ishlab chiqarishga ham undan kam vaqt sarfl anmadi. O‘zbekiston kimyogarlari va kardiologlarining hamkorlikda o‘tkaz gan tajribalari, tinimsiz izlanishlari natijasida ana shu preparat insoniyatga tuhfa etildi. Kashfi yotchi olimlar ilm-fan sohasidagi yuksak mukofot – Beruniy nomidagi davlat mukofoti bilan taq dirlandilar. (Sh. Jabborov) Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling