Она тили 5 мет


–12 ta gapdan iborat matn yaratiladi. So‘zlardagi undosh


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

10–12 ta gapdan iborat matn yaratiladi. So‘zlardagi undosh 
tovushlarning hosil bo‘lishida qaysi nutq a’zolari faol ishtirok 
etayotganiga e’tibor berish vazifasi yuklanadi..
16-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarning nutq tovush lari
nutq a’zolari mavzulari yuzasidan olgan bilimlarini matn va lug’at bilan 
ishlash orqali mustahkamlash;


54
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yer osti va yer usti boyliklarni 
qadrlashga o’rgatish ;
d) rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish, 
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakl lantirish.
O’qituvchi darsni monitor orqali ekologiya zarar yetkazilgan holatlar 
aks ettirilgan ilmiy-ommabop filmdan parcha namoyishi bilan boshlasa, 
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Film ta’sirida darslikda berilgan matnni 
tasavvur qilishi osonlashdi. 
“Tabiat va biz” matni o’qituvchi tomonidan yoki audio shaklida o’qib 
eshittiriladi. Matndan maqsad o’quvchining TINGLAB TUSHUNISH 
ko’nikmasini shakllantirish. 
“Tanqidiy tafakkur” metodi matn uchun tavsiya etiladi. Metod 
o’quvchining GAPIRISH ko’nikmasini rivojlantiradi. 
– Bugungi kunda tabiat insonning yordami va g‘amxo‘rligiga 
muhtojmi?
1. O‘quvchilarga topshiriq yoki chalkash masala qo‘yiladi va 
quyidagi savollar beriladi:
– Nima deb o‘ylaysiz?
– Fikringiz qanaqa?
– Sizningcha qanday?
2. O‘quvchiga o‘z nuqtayi nazari, fikrini ishlab chiqish uchun 
imkoniyat va fursat beriladi. 
3. O‘quvchi o‘z fikrini asoslaydi, bunda uning nuqtayi nazarini 
aniqlab olish uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
– Nega bunday deb o‘ylaysiz?
– Nimalar asosida bunday xulosaga keldingiz?
63-mashq.
 Matn asosidagi lug‘at bilan tanishing. Izohlariga e’tibor 
bering. Matndan shu so‘zlar ishtirok etgan gaplarni toping va YOZING.
Yechim:
1. Masalan, yirik zavod, fabrikalardan turli zararli gazlarning chiqishi 
natijasida atmosferadagi ozon qatlami yirtiladi, hosil bo‘lgan tuynuk 
hozirgi paytda butun insoniyatni tashvishga solmoqda.
2. Ekologik muammolar tabiat qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona ara-
lashish oqibatida kelib chiqadi.
3. Purviqor tog‘lari, daryo va ko‘llari, musaffo osmoni, yam-yashil 
dalalari, bir so‘z bilan aytganda, butun tabiati har qanday insonni maftun 
etadi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling