Она тили 5 мет


o‘qiladi. O‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

o‘qiladi. O‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi 
shakllantirish uchun topshiriqlar bajariladi..
O‘qituvchim, ustozim, yaqinsiz yuragimga,
Har so‘zingiz mo‘tabar, qanotdir tilagimga.
Tunlar o‘tirib bedor, o‘ylaysiz faqat bizni,
Quyoshdek qalbingiz bor, yoritar ongimizni.
(“Tong yulduzi” gazetasidan)
“Munosabat bildiring” orqali o‘qituvchi o‘quvchilarni musho hadaga 
undaydi. O‘quvchilarning O‘QISH SAVODXONLIGI shakllantiriladi. 
Ajratilgan so‘zlardagi undoshlar talaffuz qilin ganda qaysi nutq a’zolari 
qatnashayotganiga e’tibor tortiladi. 
Q, t, v, ch, m; y, r, g, m, g; h, r.
(O‘qituvchi tomonidan til, lablar, bo‘g‘iz faolligi uqtiriladi)
Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchilarga nutq a’zolari haqidagi mavzuni 
tushuntirishni “aqlli doska” (“brainboard”) metodidan foydalangan 
holda, ular e’tiboriga nutq a’zolari tushurilgan rasmni doskaga qo‘yib 
nutq a’zolarini birma- bir yozuv taxtasida ko‘rsatgan holda tushuncha 
berishdan boshlashi mumkin: 
58-mashq.
O‘quvchilarning YOZISH va O‘QIB TUSHUNISH 
ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar 
daftarga husnixat bilan matnni ko‘chiradilar. Qavs ichidagi 
so‘zlardan mosini tanlaydilar va shaxsiy mulohazalarini bayon 
etadilar.
Dunyoda shunday sharafli kasb egalari borki, ular tufayli biz oqni 
qoradan, yaxshini yomondan ajratamiz. Kelajakda erishmoqchi bo‘lgan 
orzu-umidlarimizga yetamiz. Odamlar bilan muomala qilishni, dasturxon 
atrofi da o‘tirishni, ko‘chada harakatlanish qoidalarini, umuman, 
hayotimiz uchun zarur bo‘lgan barcha saboqlarni ulardan olamiz. Ular 
… (shifokor, muallim, muhandis) lardir, ... (“Kasblar olami” jurnali)
Yechim:
ular muallimlardir.


53

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling