Она тили 5 мет


-mashq.  (Audio yordamida)


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

27-mashq.
 (Audio yordamida) Alisher Navoiyning quyidagi 
hikmatli so‘zi tinglanadi. Unda qo‘llangan fe’llarga o‘quvchilar 
tomonidan izoh beriladi. (TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi 
shakllantiriladi)
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kalidi bil!
Yechim:
Fe’llar: zoye etma, mehnat qil, bil.
28-mashq.
 Uyga vazifa. Berilgan matnni o‘qib, “Suv – hayot 
manbayi” mavzusida hikoya tuzish vazifasi topshiriladi. Harakat va 
holatni ifodalagan so‘zlarning tagiga chiziladi.
Tabiat boyliklari ichida suv alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u tiriklik 
manbayidir. Xalqimizda “Ummon oldida tursang ham, bir tomchi suvni 
isrof qilma!” degan naql bor. Ushbu naqlga amal qilib, suvni tejash, uni 
isrof qilmaslik haqida ko‘p gapiramiz. Lekin suvni ehtiyojdan tashqari 
ishlatish, huda-behuda oqizib qo‘yish holatlari hamon uchramoqda...
O‘tmishda ota-bobolarimiz ariq va anhorlardagi oqar suvni iste’mol 
qilishgan, chunki o‘zanlardan ichishga yaroqli top-toza suv oqar edi. 
Hozirgi kunda esa ba’zilarimiz xonadon chiqindilarini, axlatlarni 
to‘g‘ridan to‘g‘ri oqar suvlarga ag‘daramiz. O‘z-o‘zidan ma’lumki, 
bunday ariqlardagi suv nihoyatda ifloslangan va unda kasallik tarqatuvchi 
mikroblar mavjud bo‘ladi. (F.Sayfullayev)


38
FONETIKA, GRAFIKA
7-dars. TILSHUNOSLIK VA UNING BO‘LIMLARI. FONETIKA 
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda tilshunoslik va uning 
bo‘limlari, fonetika yuzasidan hosil qilingan bilim va ko‘nikmalarni 
mustahkamlash; 
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda komil inson sifatlarini 
rivojlantirish;

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling