Yechim:
Buxoro ko‘chalarida xayolchan kezarkanman, bir to‘da (qancha? ,
ikkinchi darajali bo‘lak) sayyohlar boshi bulutga chulg‘angan minoraga
qarab turishganini ko‘rdim. Ularga (kimlarga?, ikkinchi darajali bo‘lak)
bir kishi minora tarixini tushuntiryapti. Quloq soldim.
– Yetti yuz yil (qancha?, ikkinchi darajali bo‘lak) bo‘lgan bu
minoraning qurilganiga. Sayyohlar hayrat bilan yoqalarini ushlashdi.
Buxoro ko‘chalarida kezarkanman, juda ko‘p xotiralar xayolimdan
o‘tadi. Asrlar qa’rida qolib ketgan jang-u jadallarni ko‘rgandek, qilich-
qalqonlarning jarangini eshitgandek bo‘laman. Bularning (kimlarning?,
ikkinchi darajali bo‘lak) barini tarix shamollari uchirib ketdi. Ammo
ko‘hna devorda qolgan besh barmoq (nimaning?, ikkinchi darajali
bo‘lak) izi hali ham ko‘rinib turibdi.
Bu – ming yillar (qancha? , ikkinchi darajali bo‘lak) qa’rida yo‘q
bo‘lib ketgan odam qo‘lining izi. Shu (qaysi? , ikkinchi darajali bo‘lak)
azamat binoga g‘isht tergan me’mor qo‘lining izi. Odam qo‘ligina
odamga abadiy haykal qo‘yishiga ana o‘shanda(qanchon? , ikkinchi
darajali bo‘lak) ishonganman. (Said Ahmad)
Matn asosida o‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi shakl-
lantiriladi. O‘quvchilar topshiriqni bajarish orqali mus taqil fikr-
larini bayon qiladilar.
Topshiriqni bajaring.
1. Siz yashayotgan joyda qanday tarixiy obidalar bor? Ularning
barpo bo‘lganiga qancha vaqt bo‘lgan?
2. O‘zbekistondagi tarixiy obidalarni sanang. Ularni ifodalashda
qaysi so‘z turkumidan foydalanyapsiz?
34
19-mashqni
bajartirishda fanlararo integratsiya masalasiga
diqqat qaratiladi. O‘quvchilarga matematika fanida o‘rgangan
Do'stlaringiz bilan baham: |