Она тили 5 мет


Topshiriq. Hikmatli so‘zlarni o‘qing. Ularda ilgari surilgan


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Topshiriq.
Hikmatli so‘zlarni o‘qing. Ularda ilgari surilgan 
fikrlarga diqqat qiling.
O‘quvchilarning O‘QIB TUSHUNISH ko‘nikmasini shakl lantirishga 
qaratilgan bo‘lib, unda Abdurauf Fitrat, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn 
Sino, Abu Nasr Farobiy kabi allomalarning hikmatli so‘zlari asosida 
komil insonga va sifat so‘z turukmiga oid so‘zlar aniqlanadi. Masalan, 
Abu Nasr Farobiyning “Aql yomonlikka qaratilsa, inson razil, makkor, 
aldamchi bo‘lib qoladi” degan gapi ichida berilgan razil, makkor, 
aldamchi so‘zlarining komil inson sifatlariga zid turishi izohlanadi. 
Chunki komil inson insonparvar, rahmdil, samimiy, rostgo‘y bo‘lishi 
tushuntiriladi. O‘quvchilarning ham aytilgan ijobiy sifatlarga ega 
bo‘lishi lozimligi uqtiriladi. Shu bilan birga mazkur so‘zlarning sifat 
so‘z turkumiga kirishi aytiladi. Boshqa buyuk insonlarning hikmatomuz 
gaplaridan namunalar keltiriladi. 
Oqillar suhbatidan xu-
losa chiqarish komillik sari 
yetaklaydi. Siz nima deysiz? 
Alisher Navoiy kabi allo- 
malarimizni nima uchun ko- 
mil insоn deb hisoblaymiz? 
Inson kamolotida badiiy 
asarlarni o‘qish qanday o‘rin 
tutadi? 
Komil inson yaxshi 
oilada tarbiya topadi. Shu 
fikrga qo‘shilasizmi? 


32
16-mashq
 o‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasini shakl-
lantirishga yo‘naltirilgan. Berilgan so‘zlarni jadvalga namu nadagi 
kabi kiritish topshirig‘i beriladi. 
Yechim:
 
Ijobiy sifatlar
Salbiy sifatlar
rostgo‘y, halol, or-nomusli, 
ishbilarmon, o‘qimishli, hayoli, 
odobli, g‘ururli, xalqparvar
kamtar, kitobsevar, adolatli
yolg‘onchi, ayyor, o‘jar, nodon, 
dangasa

janjalkash, kaltafahm, 
cho‘rtkesar, betgachopar, uyquchi, 
besabr, andishasiz...
17-mashq 
“O‘z o‘rningni top” grammatik topshirig‘i orqali bajariladi. 
Audio orqali yoki o‘qituvchi yordamida Alisher Navoiy haqidagi matn 
tinglanadi (TINGLAB TUSHUNISH)
(O‘quvchilar matndagi ot va sifat turkumiga oid so‘zlarni jadvalga 
joylashtiradilar)

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling