Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

Til bo‘limlari
Nimani o‘rgatadi?
Fonetika 
tilning tovush tuzilishini o‘rgatadi
Yozuv (grafika) 
tilning yozuv tizimi bilan shug‘ullanadi
Orfografiya
to‘g‘ri yozish qonun-qoidalarini o‘rgatadi 
Orfoepiya
to‘g‘ri talaffuz qilish qonun-qoidalarini 
Leksikologiya 
so‘z va uning xususiyatlarini o‘rganadi
Leksikografaya
lug‘at va uning turlarini o‘rgatadi
Morfologiya 
so‘z turkumlari va ularning xususiyatlarini 
Sintaksis 
so‘z birikmasi, gap va uning turlarini 
Punktuatsiya 
tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlarini 
Tilshunoslikning fonetika (grafika), orfofrafiya, orfoepiya, leksiko-
logiya, morfologiya, sintaksis va punktuatsiya bo‘limlarining uzviy 
bog‘liqligidan iborat yaxlit tizim ekanligi, albatta, aytilishi lozim.
Nazariy ma’lumotlar singdirilgach, 29-mashq shartiga ko‘ra 
bajariladi 
29-mashqda
 o‘quvchilar Tarbiya kitobi ”dan olingan Muhammad 
Zehniyning hikmati bilan tanishtiriladi, nuqtalar o‘rniga zarur 
harflarni qo‘yib, daftarga ko‘chiradilar.(o‘quvchilarning YOZISH 
ko‘nikmasi shakllantiriladi).
Yechim:
Bolalar o‘z otalaridan meros qilib oladigan uch afzal narsa bor, bular: 
xushmuomalalik, odob, sadoqat.
30-mashqni
bajartirishda ikki jihat e’tiborga olinadi. 
1. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish. 
2. Ular ishtirokida gaplar tuzish. (O‘quvchilarning GAPIRISH ko‘-
nik masi shakllantiriladi).
Yondash-yondosh, uyim-uyum, tasir-ta’sir, mard-mart, qiymat- 
qimmat, kaft-kift.
Namuna: yondash – yondosh. 1. Masalaga to‘g‘ri yondashilsa
yechim topiladi. 


41
2. Yer harakatida unga yondosh bo‘lgan sayyora – oyning alohida 
o‘rni bor.  
Ma’lumki, 5-sinfda boshlang‘ich sinfda o‘tilgan materiallar tak-
rorlanib, ona tilining izchil kursi boshlanadi. Mazkur kursning ibtidosi 
fonetikadir. Shu bois o‘quvchilarga og‘zaki nutqning tovush tizimini 
o‘rgatadigan tilshunoslik bo‘limiga fonetika deyilishi tushuntiriladi. 
Tovushlarning fizik tovushlar (masalan, soatning chiqillashi, eshikning 
taraqlashi, suvning shovullashi) hamda nutq tovushlari (insonning nutq 
a’zolari vositasida hosil qilinadigan a ,o, l, r, q kabi tovushlar)ga ajralib 
ketishi jonli misollar yordamida yetkaziladi. 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling