Она тили 5 мет


-mashq o‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

22-mashq
o‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH (talaf - 
fuz 
mashqlari), GAPIRISH ko‘nikmasini shakllantirishga qara-
tiladi.”Kim zukko?” texnologiyasi orqali mashqni bajarish mumkin. 
1. ikki, uch, o‘n, yigirma, o‘ttiz besh, bir yuz olti so‘zlariga -ta, 
-ov, -ovlon, -tacha, -lab, -tadan qo‘shimchalarini qo‘shing. Mazkur 
qo‘shimchalarning ba’zi sonlarga qo‘shilmaslik sababini ayting.
2. Ota-onalaringiz, opa-singillaringiz va aka-ukalaringizning tug‘il-
gan yili va tug‘ilgan kunini bilasizmi? Aytib bering.
Dars so‘ngida o‘quvchilar “ Men bilib oldim, sen-chi?” o‘yini orqali 
o‘tilgan mavzu yuzasidan qayta ta’sir o‘tkazadilar 
23-mashq.
Uyga vazifa. Namuna uchun bir-ikki o‘quvchidan oilasi 
to‘g‘risida og‘zaki gapirib berish iltimos qilinadi. 
6- dars. FE’L SO‘Z TURKUMINI TAKRORLASH 
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda fe’l so‘z turkumi 
yuzasidan hosil qilingan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash; 
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni doimiy harakatda bo‘lishga 
odatlantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni mustaqil hayotga 
tayyorlash. 
Dars “Donolar bisoti”dan olingan ruhlantiruvchi (motivatsion) 
matn tahlili bilan boshlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini insonni 
harakatga keltiruvchi omillarga, maqsad sari doim olg‘a intilishga 
qaratish kerakligiga yo‘naltiradi. O‘qituvchi yo‘nalishini TINGLAB 
TUSHUNGAN o‘quvchilar matnni o‘qiydilar. 
Keksa bir qayiqchi qayig‘idagi eshkaklarning biriga “Ishon”, 
ikkinchisiga “Harakat qil” deb yozib qo‘ygan ekan. 
Buning ma’nosini so‘raganlarga u shunday deb javob berarkan:
– Daryodan suzib o‘tish uchun har ikki eshkakka ehtiyoj bor.
Harakatsiz ishonch, ishonchsiz harakat 
sizni olg‘a yetaklamaydi. Daryoni bitta 
eshkak bilan suzib o‘tib bo‘lmaganidek, 
hayot yo‘llariga ham ularning bittasi bilan 
chiqib bo‘lmaydi, har ikkisiga tayanish kerak. 
(“Donolar bisoti”dan)


36

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling