Она тили 5 мет


d) rivojlantiruvchi maqsad


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarni ijodiy fikrlarga o‘rgatish. 
Dars “Qisqa hikoyalar” dan olingan matnni tinglash bilan boshlanadi. 
(TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmalari orqali o‘quv chilar hikoyatdagi 
asosiy fikrni to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda so‘zlab 
beradilar)
Hikoya tinglangach, o‘quvchilarning O‘QIB TUSHUNISH ko‘nik-
masi ustida ishlanadi. O‘quvchilar matndan chiqargan xulosalari asosida 
savollarga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Bu orqali o‘quvchilarning 
fikrlash, GAPIRISH ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Bir donishmanddan shogirdlari:
Nima qilsak, tinch va rohatda umr kechiramiz? – 
deb so‘radilar.
Donishmand:
– Hech qayerda hech kimga biror so‘z so‘zlamang, 
sukut eting, – deb javob berdi.
Shunda shogirdlari:
– Axir,doim sukut etib yuraveramizmi, bu 
mumkinmi? Boshqacha yo‘l ko‘rsating! –
dedilar.
Donishmand maslahat berdi:
– Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’noli so‘zlang, 
og‘zingizdan sira nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining 
dilini xira qiladi, bundan saqlaning.
Bayt:
Yaxshi so‘zdan ko‘rasan mehr-u vafo,
Nomunosib so‘zlasang, yetkay jafo.
Ha, til bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham – boshga balo. 
Shuning uchun donishmandlar so‘zni doriga o‘xshatadilar. “Ortiqchasi 
zarar keltiradi”, – deydilar.
Munosabat bildiring.
1. Donishmandning fikriga nima deysiz?
2. Sizningcha, so‘zni yana nimalarga o‘xshatish mumkin?


39
Quyidagi nazariy ma’lumotlar o‘qituvchi uchun asos vazifasini 
bajaradi. 
O‘quvchilar fikrini bilish maqsadida quyidagi “Debat” meto didan 
foydalanish mumkin.:
1. – Til insonga nima uchun berilgan?
 – …
2. – Tildan qanday foydalanish kerak? 
– …
3. O‘rinsiz so‘zlash odamga qanchalik foyda keltiradi?
– …
Avloddan avlodga tayyor holda o‘tuvchi, jamiyatning barcha 
a’zolari uchun bab-barobar xizmat qiluvchi, har bir so‘zlovchi xotirasida 
imkoniyat tarzida yashovchi ijtimoiy hodisaga til deyiladi.
Ma’lum shaxs tomonidan tovushlar yoki harflar ketma - ketligi orqali 
ifodalanadigan faoliyat nutq deb ataladi.
Mazkur dars 5-sinfda tashkil etiladigan darslarning xamirturushi 
hisoblanadi. TINGLAB TUSHUNISHga yo‘naltirilgan ushbu daqiqada 
o‘qituvchi o‘quvchilarga til va uning jamiyatda tutgan o‘rnini, tilshunoslik 
bo‘limlari haqidagi nazariy ma’lumotlarni chuqur singdirmas ekan, butun 
yil davomida katta qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, 
u butun e’tiborni til to‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlarni o‘quvchilarga 
yetkazishga qaratmog‘i, buning uchun bor imkoniyatlardan to‘liq 
foydalanmog‘i lozim bo‘ladi. 
Tilning tarixiyligi, xalq tomonidan yaratilishi, unga asrlar davomida 
sayqal berilishi, o‘z navbatida, uning nutq orqali yuzaga chiqishi
nutqning zamonaviyligi, yakka bir shaxsga tegishli bo‘lishi, uning 
qanday yuzaga chiqishi shu shaxsning muayyan vaziyatdagi holatiga 
bog‘liqligi tushuntiriladi. 
Til o‘z ichki tuzilishiga ega. Tilning ana shu ichki tuzilishidan qaysi birini 
o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani ham bir necha bo‘limlarga bo‘linadi.
Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harfl ar tizimi esa grafi ka 
bo‘limida o‘rganiladi. So‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalari bilan orfografi ya 
(imlo)da,to‘g‘ri talaffuz qoidalari bilan esa orfoepiya bo‘limida tanishiladi. 
So‘z va uning ma’nolarini leksikologiya bo‘limi, so‘z turkumlarini 
morfologiya bo‘limi o‘rganadi. Gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi bilan 
sintaksis bo‘limida tanishasiz. Sintaksis bo‘limi bilan uzviy bog‘liq bo‘lim 
punktuatsi-yadir. Unda tinish belgilarining vazifalari o‘rganiladi. Shunday 
qilib, tilshunoslik fonetika, grafi ka, orfografiya, orfoepiya, leksikologiya, 
morfologiya, sintaksis va punktua tsiya bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan 
iboratdir.


40
Barcha jonzotlar, masalan, hayvonlar, qushlar, hasharotlarning ham 
tovush chiqara olishi, lekin inson tovushining ma’noga ega ekanligi, 
aynan mana shu xususiyati bilan uning ijtimoiy ahamiyat kasb etishi 
aytiladi. Boshqa tovushlar ma’no bildirmaydi, ya’ni aloqa-aralashuda 
ishlatilmaydi. 
Til bo‘limlar haqida ma’lumotlar berish uchun quyidagi jadvaldan 
foydalanish maqsadga muvofiq.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling