Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

O‘QIB TUSHUNILGAN matn asosida 24-mashq orqali 
o‘quvchilar savollarga fi krlab javob beradilar.(GAPIRIRISH ko‘nikmasi 
shakllantiriladi) 
– Shamol esayotgan paytida daraxtlarning shoxlari, barglari 
harakatlanayotgani yaqqol ko‘rinadi. Havo sokin paytida ham daraxtlar 
harakatda bo‘ladimi? Bu qaysi so‘zlar yordamida ifodalanadi?
– Odamlarning harakat va holati qanday so‘zlar bilan ifodalanadi? 
“Harakatda – barakat” dеgan iborani qanday sharh laysiz?
25-mashq
 o‘quvchilarning YOZISH ko‘nikmasini shakllan-
tirishga yo‘naltiriladi. O‘quvchilar berilgan hikmatlardan fe’llarni 
aniqlab, gaplarni daftarga yozadilar.
Yechim:
1. Biz o‘z hayotimiz davomida nimaga ishonsak va nimani kutsak, 
o‘shanga erishamiz. 2. Hayot go‘zalligiga ishonsangiz, hayotingiz 
go‘zallashadi. 3. Siz o‘zingizga ishonsangiz, har qanday qiyinchiliklardan 
chiqish yo‘lini topasiz. 4. Kasallikdan qo‘rqsangiz, bemor bo‘lasiz. 5. 
Omadga ishonsangiz, uni yaratasiz. (“Hikoyalar sarasi”)
26-mashqda
o‘quvchilar rasmlar asosida harakat va holat haqida 
fi kr bildiradilar. Harakatni ifodalovchi so‘zlarga misollar keltiradilar. 
O‘z nutqlarida ularning qaysilaridan ko‘proq foyda lanishlari haqida 
gapiradilar.

Bu mashqda 5 ta rasm berilgan. Rasmlarda otlar, tog‘, uxlayotgan 
bola, kiyik va burgut tasviri ko‘rsatilgan. O‘qituvchi bolalarni fi krlashga 
da’vat etib, shunday savollarni o‘rtaga tashlashi maqsadga muvofi q. 
Bunda, albatta, o‘quvchining GAPIRISH ko‘nikmasiga diqqat qaratiladi.
– Qani, kim aytadi, rasmdagi otlar nima qilyapti? 
Javob olinadi: 
– Chopib ketmoqda. 
– Otlar yana qanday harakatlarni amalga oshira oladi? 
– Yo‘rg‘alaydi, kishnaydi, o‘tlaydi, yem yeydi va h.k. 
chopmoq, yugurmoq, sak ramoq; 
yotmoq, uxlamoq; suv ichmoq, dam 
olmoq, qaramoq; tur moq; erimoq, 
ko‘karmoq, o‘smoq. uchmoq, parvoz 
qilmoq, ko‘rmoq,


37
– Otlarning qnday xususiyatlarini bilasizlar? 
– Ular insonga do‘st, uzog‘imizni yaqin qiladi, arava tortib, bizga 
yordamlashadi. 
– Otlar haqida qanday asarlarni o‘qigansiz? 
– Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan oqshom”, Chingiz Ayt matovning 
“Alvido, Gulsari”…
O‘qituvchi tog‘larning turishi, bolaning uxlashi holatga, kiyikning 
o‘tlashi, burgutning uchishi real harakatga aloqador ekanini o‘quvchilarga 
tushuntirishi kerak. Fe’l so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlar tilning asosiy 
qismini tashkil etishi, nutqda fe’llarning turli-tuman shakllarda qo‘llanishi 
uchdi, uchyapman, uchib ketdi, uchayotir, uchmoqchi edik, uchib o‘tdi 
kabi fe’llar misolida aytilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uloqchi ot, 
samolyot, burgutning uchib ketdi fe’li bilan birga qo‘llanganda, qanday 
ma’nolarni anglatishi o‘quvchilarga yetkazilsa, darsdan ko‘zlangan 
maqsadga erishiladi.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling