Она тили 5 мет


xandalarni O‘QING, so‘zlarning talaffuziga va yozilishiga e’tibor


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

xandalarni O‘QING, so‘zlarning talaffuziga va yozilishiga e’tibor 
bering. To‘g‘ri javobni tanlang.
Yechim:
Tarix darsida o‘qituvchi bir o‘quvchiga savol berdi:
– Fransiya – Prussiya urushi haqida nima bilasan?


70
O‘quvchi o‘rnidan turdi, lekin undan sado chiqmadi.
– Nega gapirmayapsan?
– Dadam urush- janjalga aralashma, deganlar.
Botanika darsida ustoz so‘rayapti:
– Aytgin-chi, Ali, olmani daraxtdan qachon uzamiz?
Bola javob berdi:
– Bog‘bon uxlaganida va iti bog‘liq bo‘lganida!..
92-mashq.
Qo’yilgan muammo: Bilimingizni sinab ko‘ring. 
Savollarga javob bering (GAPIRING), topshiriqni bajaring.
1. Tilshunoslikning fonetika bo‘limida nimalar o‘rganiladi?
2. Nutq a’zolarini sanang. Ularning boshqa tana a’zolaridan asosiy 
farqi nimada?
3. Nutq tovushlarining asosiy vazifasini ayting.
4. Qanday tovush o‘zgarishlari haqida bilib oldingiz, ta’rifl ab bering.
93-mashq.
 Uyga vazifa. Sinfdoshlaringiz bilan sodir bo‘la digan 
qiziqarli voqealarni uch-to‘rt latifa shaklida YOZING. Tovush 
o‘zgarishiga uchraydigan so‘zlarning ostiga chizing.
25-dars. BO‘G‘IN VA UNING AHAMIYATI
Darsning a) tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda bo’g’in haqidagi 
bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: Vatanga sadoqatli bo’lish, insonlarga mehr-
oqibatli bo’lish layoqatini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda talaffuz va imloda tovush 
o‘zgarishi hodisalaridan o‘rinli foydalana olish; tinglab tushunish,o‘qish; 
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
“Yo‘limizdagi to‘siqlar” matni o’qituvchi tomonidan yoki sinfdagi 
ifodali o’qiydigan o’quvchi tomonidan audio shaklda tayyorlab kelinib, 
o‘qib eshittiriladi. Matn o’quvchilarning TINGLAB TUSHUNISHlari 
uchun mo’ljallangan. 
GAPIRING.
1. Har qanday to‘siqni yengsa 
bo‘ladimi? Yoki gap to‘siqning hajmidami?
2. “Xohlagan imkoniyat qidiradi
xohlamagan – bahona” degan maqolni 
sharhlab ko‘ring.To‘siqlarga uchrab 
qolsangiz, nima qilasiz: yengib o‘tasizmi, 
aylanib o‘tasizmi?


71

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling