Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

talaffuz qilinadi. 
Yechim: tra-ktor, fi- zi-ka, ma-te-ma-ti-ka, di-rek-tor, fo-ne-ti-ka, 
gra-fi -ka, prin-ter, ska-ner, kom-pyu-ter, kas-ting.
104-mashq. 
Mashqda berilgan so’zlarni avval o’qituvchi ning 
o’zi talaffuz qilib beradi, so’ng o’quvchilar urg’uga e’tibor qaratgan 
holda takrorlaydilar.
Suzmá (ot, quyuq qatiq) – súzma (fe’l, suvda yoki ovqatni suzish)
Tortmá (ot) – tórtma (fe’l)
Akadémik (ot) – akademík (sifat)
Fízik (ot) – fizík (sifat)


78
105-mashq. 
Uyga vazifa. “Qiyoslang”. Jadvaldagi so‘zlar ning 
urg‘usini qo‘yib o‘qing. Namuna asosida beshta so‘zni uch tilda 
yozib, urg‘usiga diqqat qiling.
O‘ZBEK TILIDA 
RUS TILIDA
INGLIZ TILIDA
xushmuomalá
приве́тливая (ж.р)
friéndly
qadrdó n
дорога́я (ж.р)
déar
30-dars. URG‘U VA UNING AHAMIYATI (davomi)
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga urg’u, so’z urg’usi 
va uning ma’no ajratuvchanlik xususiyati haqida; nasriy va she’riy asar 
o’qishda urg’uning ahamiyati haqida ma’lumot berish; 
b) tarbiyaviy maqsad: ijodkorlik ruhida tarbiyalash, badiiy 
adabiyotga muhabbat tuyg’usini rivojlantirish ;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va malakalarni 
kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlantirish;
Topshiriq. Qo’yilgan muammo: Oybekning “Dengizda oqshom” 
she’rni ovoz chiqarib O‘QING. 
DENGIZDA OQSHOM
Suvlarda sekin o‘ynar, 
Ufqlar quchog‘iga
Oltin qayiqchalardek, 
Sig‘magan buyuk dengiz
Quyosh alangalari… 
Chayqalar sekingina.
G‘urub yong‘ini qoplar, 
Suvlar quyosh sochiga
Samo yuzi anordek,
O‘ralishib tinimsiz,
Bulutlar atlas kabi… 
O‘par qirg‘oqni asta… (Oybek)
Lug‘at: 
g‘urub – quyoshning botish payti
Qaysi so‘z talaffuzida ovozingiz biroz ko‘tarilganiga e’tibor bering. 
She’r avvalgi darsda o’quvchilarga yodlab kelish topshirig’i berilsa, 
maqsadga muvofiq bo’lar edi. 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling