Ona tili punksiasining asosiy tamoyillari


Download 176 Kb.
bet2/11
Sana04.02.2023
Hajmi176 Kb.
#1161479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili punktuatsiyasining

1. Leksik-grammatik tamoyil. Bu tamoyil nutqning semantik-grammatik jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, nutq mazmuni, tuzilishi va nutq intonatsiyasini o‘z ichiga oladi. Bunda har bir tinish belgisi nutqning semantik-grammatik jihatlari bilan bog‘liq tarzda ishlatiladi. Masalan, «Albatta, boraman» gapida albatta so‘zidan so‘ng vergulning qo‘yilishi gapning mazmuni, tuzilishi hamda ohangi asosida amalga oshiriladi.
2. Uslubiy tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari nutq parchasining uslubiga bog‘liq holda qo‘llanadi. Uslubiy tamoyil keng ma’noda bo‘lib, yozuvchining individual uslubini ham o‘z ichiga oladi.
3. Farqlovchi tamoyil. Bu tamoyil yozuv texnikasi, shakli bilan bog‘liq bo‘lib, tinish belgilarining ilmiy asarlarda, maktub, e’lon, radio, televidenie dasturlarida, havolalarda va shu kabilarda qo‘llanishini farqlashga xizmat qiladi. Yozma nutqni ixchamlashtirishda, tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishidagi tartibni belgilashda farqlovchi tamoyil muhim ahamiyatga ega.
Punktuatsiya yozma fikrni aniq va ravon, tushunarli va ifodali bayon qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yozma nutqning ayrim lekrik-grammatik vositalar bilan ifoda qilish mumkin bo‘lmagan tomonlarini ifoda qilishda punktuatsiyaning ahamiyati yanada ortadi.
Punktuatsiya tilshunoslikda uch ma’noda qo‘llanadi: -tinish belgilari sistemasi va ularning qo‘llanish qoidalari haqidagi bilim; tinish belgilarining qo‘llanishi haqidagi qoidalar to‘plami; tinish belgilari.
Umuman, punktuatsiyaning tekshirish obyyekti tinish belgilaridir.
Punktuatsiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy aloqadordir.
O‘zbek tili punktuatsiyasining asosi va tamoyillari.
Punktuatsiya asosi deganda tinish belgilarining qo‘llanishi nimaga bog‘liqligi tushuniladi.
O‘zbek tili punktuatsiyasining birinchi asosi o‘zbek tilining grammatik sistemasidir. . '
Grammatik sistema nutqning mazmun, intonatsion va tuzilnsh tomonlarining bir butunligiii tashkil qiladi. Bu o‘zbek tili punktuatsiyasining negizidir.
O‘zbek tili punktuatsiyasiining ikkinchi asosi rus tilining punktuatsion sistemasidir. Bu — o‘zbek tilidagi ko‘pchilik tinish belgilarining rus tilidan o‘zlashganligi, rus tilida punktuatsiyaning ilmiy va nazariy jihatdan chuqur ishlanganligi, rus tilining mamlakatimizda millatlararo til bo‘lib xizmat qilishi bilan bog‘liq.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling