Ona tili punksiasining asosiy tamoyillari


Qo‘shtiroqning qo‘llanish o‘rinlari


Download 176 Kb.
bet9/11
Sana04.02.2023
Hajmi176 Kb.
#1161479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili punktuatsiyasining

Qo‘shtiroqning qo‘llanish o‘rinlari
1. Ko‘chirma gapli qurilmalarda o‘zganing gapi (ko‘chirma gap), tarkibidagi parchalar, so‘zlar qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: «Xafa bo‘lmang, o‘rtoqjon, oyning yarmi qorong‘i bo‘lsa, yarmi yorug‘»,- dedi Salima aya. («Yoshlik».)
2. Asar qahramonlarining ichki monologi qo‘shtiroq ichida beriladi. Masalan: Erkaklik hamiyatim qo‘zib g‘ashim keldi. «Ehtimol, ering seni deb ichkilikka ruju qo‘ygandir,..» (О‘.H.)
3. tarkibida ishlatiladigan havolalar, tsitatalar, maqollar, sarlavhalar qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi. Masalan: Oyim mendan tonmaydilar. «:Qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im der ekan, tipratikan yumshog‘im deyar ekan», «har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinari ko‘ziga» (S.Ahm.)
4. Ko‘chma ma’nodagi so‘zlar, kesatiq uchun qo‘llangan so‘z va iboralar qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: Maqsad «jinoyatchini» tutish edi. Bu yil Mehri Zulfiqorovga, yangi yilda esa Zulfiqorov Mehrinisoga "qarasha-digan" bo‘ldi. (A.Q.)
5. Badiiy asar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, ashula, spektakl kabilarning nomlari qo‘shtiroqqa olinadi. Masalan: «О‘tkan kunlar» romani, «Angren haqiqati» gazetasi.
6. Tashkilot, muassasa, xo‘jalik, korxona, fabri­ka, zavod, mehmonxona, do‘kon kabilarning nomlari qo‘shtiroqqa olinadi. Masalan: «Navoiy» jamoa xo‘jaligi, «Toshkent» mehmonxonasi, «Qizil yulduz» fabrikasi.
7. Faxriy unvon, orden, medal, mukofot nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: «Xalq hofizi», «О‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Shavkatli mehnati uchun " medali.
8. О‘simlik, ovqat, mashina, samolyot, televi­zor kabilarning maxsus atamalari qo‘shtiroqqa olinadi. Masalan: «Tu» samoloti, «Neksiya» avtomashinasi, «Filips» televizori, «Pobeda» uzumi.
9. Sinf yoki guruhlarning, buyruq va qarorlarning bandini ko‘rsatuvchi raqamlardan keyin yoziladigan harflar qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: 10- "A" sinf, 20 «V» sonli buyruq , 16- moddaning «V» bandi.
11. Baholash tizimida qo‘llanuvchi baho ballari qo‘shtirnoqqa olib yoziladi. Masalan: «besh», «to‘rt», «uch», «ikki» yoki «a’lo», «yaxshi», «o‘rta», «yomon».
Shunday qilib, o‘zbek tilida 10 ta tinish belgisi: nuqta, so‘roq, undov belgisi, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs va qo‘shtirnoq qo‘llanadi. Bu tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda muhim grafik vosita hisoblanadi.
Uslubiyat tilshunoslik faning bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vsitalarining nutqda qo‘lanish yo‘llari, onetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘lanadigan, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘gan ko‘rinishi adabiy til uslubideyiladi. Uslub orqali so‘zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo‘ish mumkin:
1.Leksik vositalar: Sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar, kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a, arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
2. Fonetik vositalar: Nutq tovushlari, ohang, urg‘u.
3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo’shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb yuritiladi: yanlig‘ so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga, faollar yig‘lishi, siyosiy maydon kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir.
So‘zlashuv uslubida ham, kiobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog‘, bola, xat. Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘ishi mumkin.
O‘zbek adabiy tilida quyidagi aosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv uslubi, ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, badiiy uslub.
So‘zlashuv uslubi
Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llaniladigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlarga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi. So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do‘ndiribsiz- da. Mazza qildik.
So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi, piching qochiriqlar, kinoyalar ko‘plab ishlatiladi. Ko‘proq sodda gaplar, undalmali gaplar, to‘iqsiz gaplardan foydalaniladi.

Ilmiy uslub


Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir.
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘lanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, kiritma gaplar qo‘llaniladi.
Rasmiy (idoraviy) uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, tarjimai hol tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan so‘zlar ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi. Rasmiy idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi: O‘z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M. Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
Ommabop (publitsistik) uslub.
Tashviqot targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyada ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta, jurnallarda ishtaklatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy siyosiy so‘zlar ko‘p uchraydi. Nutq ta’sirchan bo‘lishi uning ta’sirchan so‘z va so‘z birikmalaridan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalanadi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va so‘z birikmalaridan unumli foydalaniladi: 1. Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
Badiiy uslub.
Voqealikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki o‘quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham qiladi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so‘zlashuv va kitobiy uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi.

Uslubiyat tilshunoslik faning bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘lanish yo‘llari, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.


Lug‘aviy, grammatik uslubiy me’yorlar adabiy tilning hamma ko‘rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, to‘g‘ri talaffuz me’yorlari esa faqat og‘zaki nutq shakli uchun xosdir. O‘zbek tili uslubiyat uch turga bo‘linadi:


  1. Download 176 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling