Ona tili punksiasining asosiy tamoyillari


Download 176 Kb.
bet4/11
Sana04.02.2023
Hajmi176 Kb.
#1161479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili punktuatsiyasining

Kun tartibida:
1. Paxta yig‘im-terimining borishi.
2. Xasharchi-terimchilarni terimga safarbar etish.
3. Turli masalalar.
5. Kishilar ismining bosh harfidan tashkil topgan qisqartmalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: I.A.Karimov.
6. Matematikada nuqta kupaytiruv alomatini anglatadi. Masalan: 6.2=12.
7. Maqola muallifini anglatuvchi ism, familiyalardan so‘ng, «Davomi bor», Boshi o‘tgan sonlarda» kabi jumlalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi.
8. Izohni bildiruvchi saoq gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan:
1. Ariza yozuvchi muassasa nomi yoki shaxsning ismi sharifi.
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasi ismi, familiyasi.
9. Sahna asarlarida qahramonning ismini anglatuvchi so‘zdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Oysha. Madam Sil’viya, nima demoqchi edingiz? (S.A.)
10. Yozma nutqda va hokazo, va boshqalar, shu kabilar iboralari qisqartirilganda, qisqartmaning har bir harfidan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: va h.k., va b., va sh.k.
11. Sana tarkibiy qismlarini: kun, oy va yilni bir-biridan ajratishda ularning orasida nuqta qo‘llanadi. Masalan: 10.04.2004.
12. Yozma nutqda ayrim hollarda ammo, lekin, biroq , va bog‘lovchilaridan oldin qo’shma gap qismlarining mustaqilliginii ta’minlash maqsadida nuqta qo‘yiladi. Masalan: U kelmoqchi edi. Biroq onasi betob bo‘lib qoldi. («Yoshlik».)
So‘roq belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘roq gaplar oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I. R.)
2. Taqrizlarda va sitatalarda biror so‘z yoki jumla gumon yoki anglashilmovchilik tug‘dirsa, bunday so‘z yoki jumladan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi va bu qavs ichiga olinadi: «Mixail Ivanovich Akaskin qirq besh yashar qolin (?) gavdali, mo‘ylovdor, xushmuomala, xulqi sodda va yoqimli kishi edi». (0.)
3. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yilali. Ega kim?, nima?, qayer? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling