Ona tili punksiasining asosiy tamoyillari


Ikki nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari


Download 176 Kb.
bet7/11
Sana04.02.2023
Hajmi176 Kb.
#1161479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili punktuatsiyasining

Ikki nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
1. Mazmuni to‘la ifodalanmagan, keyingi gap orqali izohlanayotgan, aniqlanayotgan gapdan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan: Ko‘z ko‘zga tushdi: tanish nigoh! («Yoshlik».)
2. Bog‘lovchisiz qo’shma gap tarkibiy qismlari orasida izoh munosabati aks etsa, izohlanuvchi gapning mazmuni aniqlansa, qo’shma gap qismlari orasida ikki nuqta qo‘yiladi. Bunday gaplar tarkiibda ko‘p hollarda izoh talab qiluvchi nisbiy so‘zlar qo‘llanadi. Masalan: El tilagi shu: yigit, oshig‘ing olchi bo‘lsin!... (F.)
3. Bog‘lovchisiz qo’shma gap tarkibiy qismlari orasida sabab-natija munosabati aks etsa, qismlar orasiga ikki nuqta ishlatiladi: Sen bor: ko‘nglim tinch. (So‘zl.)
4. Umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan oldin kelsa, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi: Yana uch narsaga: tilga, nafsga, hirsga ehtiyot bo‘lmoqlik g‘oyatda zarur, derdi u. (M.)
5. Ko‘chirma gapli qurilmalarda muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin yoki ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, muallif gapidan key­in ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan: Rais ogohlantirdi: «Ertagayoq erni shudgorlash ishlarini boshlash lozim». («Yoshlik».)
6. Chunonchi, masalan, chog‘ishtiring, qiyos qiling hamda reja, mavzu, qaror qilindi so‘zlaridan so‘ng, uning ma’nosini izohlash uchun undan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Masalan: Reja:. Mavzu::
7. Ikki nuqta raqamlar orasida ko‘llanib, teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Musobaqa 2:2 hisobida yakunlandi// Musobaqa ikki-yu ikki hisobida yakunlandi.
8. Matematika fanida ikki nuqta bo‘luvni ifoda etishda qo‘llanadi. Masalan: 18:2.
Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
1. Fikrning tugallanmaganligi, davomi mavjud ekanligini aks ettiruvchi gaplar oxirida ko‘p nuqta qo‘llanadi. Masalan: Biz bu haqda juda ko‘p o‘ylaymiz... (О‘.U.)
2. So‘zlovchining turli his-hayajoni bilan bog‘liq to‘xtamlarni, nutqdagi cho‘ziqlikni, harakatlarni ifodalashda ko‘p nuqta qo‘yiladi. Masalan: Ha... bundoq deng.. Mayli, mayli, xolajon, men o‘zimizning eshikdan chiqa qolay. (A.Q.)
3. Muallifning yozma nutqda berilishi mumkin bo‘lmagan ayrim so‘z yoki iboralari, ism, haqoratli so‘zlari o‘rnida ko‘p nuqta qo‘llanadi. Masalan: He, enangni..! (So‘zl.) О‘lgiday zeriktirsa ham, tinchgina gaplashib o‘tirardi. Siz bo‘lsangiz... (As. M.)
4. Tilshunoslikka oid grammatik topshiriqlarda tushirib qoldirilgan va o‘quvchi tomonidan qayta tiklanishi lozim bo‘lgan so‘z, qo‘shimchalar o‘rniga ko‘p nutqda qo‘yiladi. Masalan: Berilgan gapdan tushirib qoldirilgan bog‘lovchini aniqlang. Gapirmoqchi edi, ... tili og‘ziga tiqilib qoldi. («Yoshlik».)
5. Tutilib aytilgan so‘z va iboralarni aks ettirish uchun yozma nutqda lisoniy birliklar orasiga ko‘p nuqta qo‘yiladi. Masalan: -Xurshida bonu?.. Siz... Sizmu? (O.Y.)

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling