— Y o ‘g ‘-e! B o'lishi mumkin emas!
— N ega ishonm aysan, qochibdi deyapm an-ku!
G enri shosha-pisha o'rnidan turib, o'sha yoqqa yugurdi. U itlarni
bir boshdan sanab chiqqach. Billga qo'shilib yana bitta itlardan mahrum
qilgan bu bexosiyat o'lkani la’natlashga tushdi.
— Frog itlarning eng z o ‘ri edi, — dedi afsuslanib Bill.
— Yertagida ilon qimirlasa bilardi-ya! — dedi Genri ham bosh chayqab.
K eyingi ikki kun ichida yana bir vidolashuv so ‘zi shu bilan tugadi.
N on u sh ta ularning yuraklariga sig'm adi, nari-beri ul-bul yeb olgach,
qolgan to'rtta itni chanaga q o ‘shib yo'lga tushdilar. Bugungi kunning
kechagidan farqi yo'q edi. Y o'lovchilar qor bosgan kim sasiz biyobondan
jim gina borishar, borliq sukunatini odam larni izm a -iz quvib kelayotgan
bo'rilarning noxush uvillashlari buzardi xolos. Qosh qorayib, kutilganidek
bo'rilar to'dasi judayam yaqinlashganda uvillash deyarli yonginalaridan
eshitildi, itlar yo'lovchilarning battar yuragini siqib, qo'rquvdan titrab-
qaqshar, o'zlarini u yoqdan bu yoqqa otib, qayishlarini chuvatishardi.
— Q ani ko‘ramiz betam iz m axluqlar, endi ham qochib ko'rlaring-
ch i, — d ed i Bill m am nun ohangda navbatdagi dam olishga to'xtagan -
larida.
Y egulik hozirlayotgan G enri ishini qo'yib, uning yoniga keldi. Bill
hinduchasiga qilib itlarning bo'ynidan chillak o'tkazib bog'lab qo'ygan
edi. Har bir itning bo'yniga charm sirtmoq solib, sirtmoq tagidan yo'g'on,
uzun tayoq o'tkazib, tayoqning ikkinchi uchini yerga qoqilgan qoziqqa
qayish bilan tang'ib bog'lagan edi. Bu ahvolda itlar bo'yinbog'larini
g 'a jiyo lm as, tayoq esa q oziqq a b og 'la n g an qayishni ham chaynab
uzishlariga y o ‘l qo'ym as edi.
G enri m a’qullab bosh irg'adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |