o'tm ay Billning nafasi ichiga tushib ketganiga ajablandi. Chunki bir
og'iz achchiq gapga ham lov etib yonadigan Billga o'xsham aydi. G enri
ko'zi ilingunga qadar shu haqda o'ylab yotdi. Oxiri: «Yuragiga qil ham
sig'mayapti. Ertaga bir ko'nglini ko'tarib qo'ym asam bo'lm aydi», degan
xayolda uyquga ketdi.
Uchinchi bob
OCHLIK ZO 'R I
Kun xayrli boshlandi. Uyqudan turishgach, itlarning ham m asi o 'z
o'rnida ekanini ko'rgan Genri bilan Bill yengil tortib huvillagan tim
qorong'ulikda yo'lga tushdilar. Bill noxush xayollarni unutgandek borar,
u hatto bir safar muyulishda itlar chanani ag'darib yuborganda ham
zahrini sochm ay, ularning jig'iga tegib o'ynashishga o'tdi. H am m a narsa
ayqash-uyqash bo'lib ketdi. Ag'darilgan chana daraxt bilan bahaybat
tosh orasida qisilib qoldi, oqibat itlarni chanadan bo'shatishga to'g'ri
keldi. Yo'lovchilar chanani ko'targani engashganlarida Genri Chinoqning
q ochayotganini payqab qoldi.
— Qayt orqaga, Chinoq! — deya qichqirib yubordi u jo n holatda.
Lekin C hinoq to'xtash tugul, qayishlarini sudragancha g'izillab
qochishga tushdi. U n i hozirgina ular o'tib kelgan yo'l ustida urg'ochi
bo'ri kutar edi. U rg'ochi bo'riga yaqinlashgan mahal C hinoq hushyor
tortib sekinladi, so'ng to'xtadi. U rg'ochi bo'riga ishonqiram ay, lekin
allaqanday suqlanib tikildi. U rg'ochi bo'ri esa bamisli dalda bergan
bo'lib, ayyorona tishini ko'rsatdi-da, bir-ikki irg'ishlab qo'ydi. C hinoq
shunda ham xuddi bir narsaga shaylangandek, qo'rqa-pisa unga qarab
yurdi.
C hinoq tum shug'ini tekkizib iskam oqchi bo'lganda, urg'ochi bo'ri
o'ynashayotgandek mug'ombirlik bilan orqaga sapchidi. U oldinga yursa
urg'ochi bo'ri chekinardi. Shu tariqa C h in oq n i chalg'itib, sekin-asta
Do'stlaringiz bilan baham: |