chiqm oqchi edi. K uppa-kunduzi m iltig'i bor odam bo'rilarni haydab,
itni bem alol qutqarib qola olardi.
— T o'xta, Bill! — deb ortidan qichqirib qoldi G en ri. — B ekor
qilyapsan!
Genri nima qilarini bilm ay chanaga o'tirdi va buyog'iga nim a bo'ladi,
degandek kuta boshladi. U n in g boshqa iloji ham yo'q edi. Bill ko'zdan
g'oyib bo'lgan, C hinoq esa dam butalar, dam yakkam -dukkam o'sgan
qoraqarag'aylar oralab ko'rinib qolardi. G enri itning kuni bitganini
fahmladi. Itning o'zi falokatni sezar, am m o oldidan to'sib chiqishga
urinayotgan bo'rilar to'dasidan katta doira yasab qochish uchun jo n -
jahdi bilan yugurardi. Afsuski C hinoqning bo'rilardan qutulib, chana
yoniga yetib kelishi dargum on edi. Bo'rilar ana-m ana itga yetib olishi
aniq. O 'sha to m o n d a , daraxtlar bilan butazor ortidagi qor bosgan
sayhonlikda bo'rilar galasi C hinoq bilan Billga to'qnash kelishlarini
G enrining ko'ngli sezardi.
H ammasi u kutganidan ham tezroq ro‘y berdi. Dastlab o ‘q o v o zi
yangradi, s o ‘ngra ketm a-ket yana ikki marta o ‘q uzildi. G enri shu bilan
Billning o ‘qi tugaganini fahmladi. Z um o'tm ay itning angillagani va
o'kirgan odam ovozi eshitildi. G enri o g ‘riq va qo'rquvdan ingrayotgan
Chinoqning angillashi, hamda yaralangan b o ‘rining uv tortganini eshitdi.
Shu bilan irillash ham , angillashlar ham tugadi. K im sasiz borliq
uzra yana sukunat cho'm di.
Genri chanada juda uzoq o ‘tirdi. U n ing o'sha yoqqa borishidan
hech qanday m a’ni yo'q: bamisli Bill bilan bo'rilar uning ko'z o'ngida
to'qnashgandek, hammasi oydek ravshan edi. U faqat bir marta sapchib
o'rnidan turdi-da, qo'liga boltasini oldi, o'sha zahoti shashtidan qaytib
Do'stlaringiz bilan baham: |